• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 290
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
Главная » 2016 » Avgust » 30 » Barak Obamadan tortib BAA Bosh vazirigacha Prezident Islom Karimovga bayram tabriklarini jo‘natishdi
18:01
Barak Obamadan tortib BAA Bosh vazirigacha Prezident Islom Karimovga bayram tabriklarini jo‘natishdi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan samimiy qutlovlar kelib turibdi. Ularda Prezidentga baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-omonlik, doimiy ravnaq hamda farovonlik kabi ezgu istaklar izhor etilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
 
Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Barak Obamaning maktubida shunday deyiladi:
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Prezident Janobi Oliylari!
 
1 sentyabrda nishonlanadigan O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga qizg‘in tabriklarimni yo‘llayman.

Mamlakatingiz bu tarixiy sanani bayram qilayotgan shu kunlarda biz O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashimizni yana bir bor ta'kidlaymiz. Amerika Qo‘shma Shtatlari 1991 yilning 25 dekabrida birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan paytdan boshlab mamlakatlarimiz o‘rtasida mustahkam sheriklik munosabatlari o‘rnatilgan. Mamlakatlarimizning yanada xavfsiz, farovon va demokratik kelajak yo‘lidagi hamkorligi uzoq yillar davom etishiga ishonaman.

Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi Sizni mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ushbu muhim sana bilan muborakbod etadi.
 
Ehtirom bilan, Barak Obama
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti
                                                                              
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin yo‘llagan maktubda shunday qayd etiladi:
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
 
Prezident Janobi Oliylari!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Xitoy xalqi va shaxsan o‘zim nomimdan Siz va do‘st O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarim va qizg‘in tilaklarimni izhor etaman.

Mustaqillikning 25 yili davomida janob Prezident rahnamoligida O‘zbekistonda siyosiy barqarorlik va jadal iqtisodiy taraqqiyot saqlanib, mamlakatning xalqaro nufuzi salmoqli darajada yuksaldi, davlat qurilishi sohasida yorqin muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, janob Prezident tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning "o‘zbek modeli” mamlakatdagi real voqyeliklarga mos keladi va ulkan hayotiy kuchga egadir.
 
So‘nggi yillarda Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarida yaxshi rivojlanish tendensiyalari saqlanib turibdi va yangi strategik darajaga erishildi. Xitoy va O‘zbekiston aloqalari rivojlanib borayotgani va o‘rtamizdagi samimiy do‘stlikni yuksak qadrlayman. Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarida yuksak samaralarga erishish va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida keng ko‘lamli strategik sheriklikni izchil rivojlantirish uchun Siz bilan doimo barcha sa'y-harakatlarni qilishga tayyorman.

Mamlakatingizga ravnaq va yuksak salohiyat, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Prezident Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sog‘lik va ishlaringizda muvaffaqiyat tilab qolaman.

                                                                                                  Si Szinpin, Xitoy Xalq Respublikasi raisi
                                                                                                
YUqoridagilardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan quyidagilar Prezident Islom Karimovga tabriklarini yo‘llashgan:

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti –Yoaxim Gauk

Polsha Respublikasi Prezidenti – Andjey Duda

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti – Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
 
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi – Muhammad bin Roshid Ol Maktum
 
Abu-Dabi Valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari – Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti –Abdulaziz Buteflika

Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom Aliyev
 
Belarus Respublikasi Prezidenti – Aleksandr Lukashenko

Ukraina Prezidenti – Pyotr Poroshenko

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti –Muhammad Ashraf G‘ani
 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi – Sergey Lebedev
 
Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi – Tolib Rifai
 
Energetika xartiyasi bosh kotibi – Urban Rusnak
 
Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi – Kerolin Lemm

Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti –Stiven Naderni
 
"MAKSAM” kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori – Xose Fernando Sanches-Xunko
 
"Xuavey Teknolodjiz Ko.Ltd” kompaniyasi prezidenti – Jen Chjenfey
 
"NEK Korporeyshn” kompaniyasi prezidenti – Nobuxiro Endo

Yaponiya tibbiy uskunalar sohasida tashqi texnik ko‘mak bo‘yicha tashkiloti raisi (OMETA) –Ken'ichi Matsumoto
 
Germaniya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ijrochi direktori, "Doyche Kabel AG Tashkent” qo‘shma korxonasi investori – Falk Porshe

"Pikanol” kompaniyasi bosh ijrochi direktori – Lyuk Tak
 
"Turkiston – Amerika assotsiatsiyasi” raisi – Abdulla Xo‘ja

AQSH va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti – Boris Kandov

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining rektori – Viktor Grishin

Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi raisi –Siddxart Saksena

Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatli vakili – Tomas Kunse

Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari – Yuriy Shterk
 
Qutlovlar kelishi davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Категория: Har-Hil | Просмотров:2490 | Добавил: Admin | Теги: Barak Obamadan tortib BAA Bosh vazi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь