Har-Hil [10401] |
Turfa olam [22] |
Odnoklassniki Sirlari [39] |
Dunyo Habarlari [26] |
Telefon Kodlari [18] |
Telefonlar Haqida [8] |
Sherlar [108] |
Futbol Yangiliklari [30] |
Maslahatlar [37] |
Latifalar [81] |
Yangi Yil Tabriklari [2] |
Senga Oshiqman [3] |
Bilimlar [6] |
Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [126] |
Tush Ta'birlari [486] |
Muchal va Burjlar [8] |
Xamid Toshpo'latov Biografiyasi |
Anvar Kartayev Biografiyasi |
Ma'suda Otajonova Biografiyasi |
Lola Eltoyeva Biografiyasi |
Husan Sharipov Biografiyasi |
Gulnora Qosimova Biografiyasi |
Yodgora Ziyomuhammedova Biografiyasi |
Shaytanat Xongrey Biografiyasi |
Barno Qodirova Biografiyasi |
Farziddin Fayozov Biografiyasi |
Hoshim Arslonov Biografiyasi |
Gulchehra Ibrohimbekova Biografiyasi |
Erkin Komilov Biografiyasi |
Dildora Rustamova Biografiyasi |
Alisher Hamroyev Biografiyasi |
Afzal Rafiqov Biografiyasi |
Ra'no Shodiyeva Biografiyasi |
To'lqin Tojiyev Biografiyasi |
Zuhra Ashurova Biografiyasi |
Behzod Muhammadkarimov Biografiyasi |
Tush tabiri - Tushda Yel chiqarish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Kaklik ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Ho'kiz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hulkar yulduz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Homiladorlik ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hojatga chiqish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hojatga borish ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hovuz ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hassa ko'rish |
Tush tabiri - Tushda Hammom ko'rish |
16:00 Baqbaqa va salqigan qovoqdan xalos bo‘lamiz! | |
Tabiat ayolga husn deb atalmish bebaho sovg‘a in'om etgan. Biz, ayollardan faqatgina tabiatning mana shu tuhfasini sayqallab, uni yillar davomida avaylab saqlash talab etiladi. Tashqi ko‘rinishimizdagi ko‘nglimiz to‘lmagan jihatlarni esa tuzatishning imkoni mavjud. Buning uchun ozgina qunt qilsak bo‘lgani! Bodom qovoq – go‘zallik belgisi Sharq xalqlarida azal-azaldan bodom qovoq qizlar jozibador sanalgan. Yoshlikda betakror ko‘rinadigan bodom qovoqlar 35 yoshdan so‘ng ulg‘aygani sari salqib, haqiqiy muammoga aylanishi turgan gap. Shu sababdan aksariyat ayollar undan xalos bo‘lish yo‘llarini izlay boshlaydi. Muammoga yechim topish maqsadida eng soddasidan tortib tig‘ ostigacha bo‘lgan barcha usullarni ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Unutmang, bodom qovoqlik ko‘p hollarda nasldan naslga o‘tishi ham mumkin. Tashqi ko‘rinishdagi bu ajralib turuvchi belgi yosh ulg‘aygani sari o‘z sohibasiga biroz noqulaylik tug‘diradi. Salqigan qovoqlar chehrani charchagan va g‘amgin ko‘rsatadi. Shu sababdan bu muammo ustida yoshlikdanoq bosh qotirish darkor. Qovoq uchun kundalik mashqlar: Mashq: ko‘zlarni imkon qadar katta ochib besh soniya davomida shu holatda turiladi. So‘ng ularni mahkam yumib, yana beshgacha sanaladi. Mashqni bajarish vaqtida peshona kaft bilan ushlab turiladi, aks holda ajinlar paydo bo‘lish xavfi ortadi. Mashq: barmoqlar bilan qoshlarni imkon qadar bir-biri tomon yaqinlashtiriladi. Bu mashqni har kuni ikki mahal sakkiz marotaba takrorlash tavsiya etiladi. Pardoz bilan kamchiliklarni berkitamiz Pardoz-andoz bizni yanada go‘zallashtirish bilan birga yuzimizdagi kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega. Bodom qovoqlarni pardoz vositalari yordamida biroz kichikroq ko‘rinishga keltirsa bo‘ladi. Buning uchun bir nechta qoidalarga amal qilsak bo‘lgani: Muhim qoidalardan birini doim yodda saqlang: bodom qovoqlarni ko‘zni ochib turgan holda bo‘yash lozim. Odatda ko‘pgina ayollar ten va suyuq qalamni ko‘zni yumgan holda qovoqqa surtishadi. Bodomqovoq sanamlarga esa bu usul to‘g‘ri kelmaydi. Bu muammodan aziyat chekuvchi go‘zallar qoshlariga yetarlicha e'tibor qaratishi lozim. Ya'ni qoshlar doim parvarishlangan, ingichka, kamondek egilgan bo‘lishi lozim. Aks holda, tartibga keltirilmagan qoshlar qovoqlarni yanada bo‘rttirib ko‘rsatadi. To‘q rangli tenlarga ixtiyor bergan afzalroq. Biroq uni butun qovoq bo‘ylab emas, faqatgina tashqi burchakka surtish yaxshi samara beradi. Kipriklarni ham unutib qo‘ymang. Yuzning yuqori qismiga e'tiborni qaratish uchun pastki kipriklar bo‘yalmaydi. YUqori kipriklarga esa qalin qilib tush surtish lozim. Yaltiroq tenlar bodom qovoq ayollarning ashaddiy dushmanidir. Qaymoqrang, marjonrang va o‘ta to‘q rangdagi tenlardan foydalanish yuzni toliqqandek ko‘rsatadi. Maslahatimiz, ulardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling! Plasterlarning foydasi tegishi mumkin Yoshi katta ayollarga ajin tushgan va salqib qolgan qovoqlarni berkitishda ko‘mak beradigan maxsus plastirlar ham bor. Ularni qovoqqa yopishtirib, ustidan pardoz qilinsa, muammo ko‘zga tashlanmasligiga erishiladi. Blefaroplastika Mutaxassislar muammoning oxirgi chorasi sifatida blefaroplastika jarrohlik amaliyotini tavsiya etishmoqda. Bu amaliyot yordamida qovoqdagi ortiqcha yog‘, mushak to‘qimalari va teri olib tashlanadi. Zamonaviy estetik jarrohlar lazerli blefaroplastika oddiysiga nisbatan samaraliroq ekanligini ta'kidlashmoqda. Toshkent shahridagi klinikalardagi o‘rtacha narxi 750 ming. Ayollarni 5-10 yoshga kattaroq ko‘rsatuvchi azaliy muammolardan biri bu — baqbaqadir. U nafaqat to‘ladan kelgan xonimlarda, balki ozg‘in sanamlarda ham uchrashi mumkin. Baqbaqadan xalos bo‘lishning bir qancha usullari mavjud. Agar undan qutulishga jiddiy kirishgan bo‘lsangiz, ishni ortiqcha vaznni yo‘qotishdan boshlang. Taomnomangizga kletchatkaga boy maxsulotlarni kiriting. Baqbaqaga qarshi mashqlar Mashqlarni ko‘zgu qarshisida yolg‘izlikda bajargan ma'qul. 1–mashq Og‘izni imkon qadar kattaroq ochib, iyak oldinga qarab itariladi. Asta sekinlik bilan og‘iz yopiladi. Bu mashqni bir kunda yigirma martadan takror bajarilsa, nafaqat baqbaqalardan xalos bo‘lish mumkin, balki iyak va bo‘yinda paydo bo‘layotgan mayda ajinlarni yo‘qotishga ham erishiladi. 2–mashq Stulga o‘tirib, tirsak stol ustiga qo‘yiladi. So‘ng bosh barmoqni iyakka qo‘yib, ko‘rsatkichini esa quloq orqasiga olib boriladi. Asta-sekin og‘iz ochib yopiladi. Mashqni ilk bajarishda, bu ishni besh marotaba, keyingi safarlarida esa yigirma marta qilish mumkin. 3–mashq Bo‘yinni oldinga cho‘zib, mushaklarga bosim bergan holda barcha unli harflarni birma-bir talaffuz qiling. Іar bir unli harfni talaffuz qilganingizdan keyin mushaklarni bo‘shashtiring. Mashqni kuniga 10 martadan takrorlasangiz natijasi sizni uzoq kuttirmaydi. Pardoz qiling! Baqbaqalarni ko‘zdan berkitish uchun sharfga o‘ranib yurish shart emas. Aksincha bu aksessuar ko‘pchilikning e'tiborni tortish xususiyatiga ega. Demak, kundalik pardozdan asosiy maqsad – baqbaqalarni yashirish. Yodingizda bo‘lsin, yuzdagi ortiqcha muammolarni to‘q rangli tonal krem yordamida bartaraf qilsa ham bo‘ladi. Demak, baqbaqaning ustiga to‘q rangli tonal krem surtib, engakka teri rangidagi, engakning eng quyi qismiga esa ochroq rangdagi upa surtib, ayyorlik qilish mumkin. Pardoz natijasida yuz shakli o‘zgarib, e'tiborni baqbaqadan chalg‘itadi. Taqinchoqlar-chi? Yer yuzida bitta ayol qolsa ham zargarga ish topiladi deyishadi. Biroq bo‘ynida muammosi bor ayollarga katta hajmli taqinchoqlardan voz kechishlarini tavsiya qilamiz. Mineral tuzlar Baqbaqadan xalos bo‘lishda mineral tuzlardan unumli foydalanish samara beradi. Buning uchun bir piyola gazlanmagan mineral suvda bir osh qoshiq dengiz tuzini eritiladi. Paxmoq sochiqni shu suvda namlantirib, ikki uchidan tutiladi. So‘ng nam sochiq bilan engakni asta shapatilanadi. Bu mashqni har kuni ikki mahal bajarilsa, chamasi ikki oylarda natijani sezish mumkin. Ozonoterapiya YUqorida sanalgan chora-tadbirlar ko‘ngildagidek natija keltirmasa, kelgusi qadamni keskinroq qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Ozonaterapiya jiddiy esttetik muolajalardan biri sanaladi. Baqbaqa ustiga ozon va kislorodli suyuqlikni igna yordamida yuborish bilan kechadigan ushbu muolaja engaklardagi yog‘larni eritish xususiyati tufayli samarali hisoblanadi. Biroq jarayon og‘riqli kechgani sabab ko‘pchilik bu usulga rozi bo‘lavermaydi. Toshkent shahridagi estetik klinikalardagi bu muolajaning bir marotabalik o‘rtacha narxi 30 ming so‘mni tashkil etadi. Lazerli liposaksiya Umumiy anesteziyani talab qiluvchi muolaja sanaladi. Shu bois, ayol bu amaliyotga kirishishdan avval bir qancha shifokorlar ko‘rigidan o‘tishi lozim. Bu jarrohlik amaliyotida shifokor baqbaqa sohasida mikroskopik kesik hosil qilib, teri ostiga yog‘larni erituvchi maxsus dori jo‘natadi. So‘ng lazer nuri yordamida yog‘ni eritib, 1 mm hajmli ingichka ignalar yordamida tortib olinadi. Qulayligi esa birgina muolajaning o‘zi kifoya. Kamchiligi esa o‘ta qimmatligida. | |
|
Всего комментариев: 0 | |