• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Noyabr » 18 » Bangkokda xalqaro sammit oldidan boshlangan norozilik namoyishlari politsiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi
20:15
Bangkokda xalqaro sammit oldidan boshlangan norozilik namoyishlari politsiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi

Tailand poytaxti Bangkokda AQSH, Xitoy va Tinch okeanining boshqa 19 davlati rahbarlari uchrashadigan Osiyo—Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti o‘tkaziladigan joydan bir necha yuz metr narida demokratiya tarafdorlari namoyish o‘tkazdi. Namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi.

Namoyishchi guruhlar bosh vazir Prayut Chan-Ochaning siyosatiga qarshi chiqib, uning iste’fosini hamda umumiy saylovlar o‘tkazishni talab qilmoqda. Shuningdek, ular siyosiy mahbuslarni ozod qilishni va qirollik oilasini haqorat qilish yoki tuhmat qilganlik uchun 15 yilgacha qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonunga o‘zgartirish kiritish talabini ilgari surmoqda.

Namoyishchilar Bangkokda o‘tkazilayotgan sammitni "yolg‘onlar festivali” deb atadi.

Mitinglarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun poytaxt bo‘ylab o‘n minglab politsiya va harbiy xizmatchilar joylashtirildi. Ular odamlarni tarqatish uchun turli usullarni qo‘llamoqda.

Bangkokda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti 18-noyabr kuni boshlanadi.

Sammitning asosiy tadbirlari sifatida 18 va 19-noyabr kunlari ikkita yalpi majlis bo‘lib o‘tadi. Birinchi majlis mavzusi "Muvozanatli, inklyuziv va barqaror o‘sish”. Ikkinchi sessiya savdo va investitsiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlanadi. Sammit dasturida, shuningdek, delegatsiyalar rahbarlarining APEC Ishbilarmonlar maslahat kengashi bilan uchrashuvi ham ko‘zda tutilgan.

APEC — Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 21 ta davlat iqtisodi uchun mintaqaviy savdo va investitsiyalarni erkinlashtirish bo‘yicha hamkorlik forumidir. Unda Avstraliya, Bruney, Kanada, Indoneziya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Yangi Zelandiya, Filippin, Singapur, Tailand, AQSH, Tayvan, Gonkong, Xitoy, Meksika, Papua-Yangi Gvineya, Chili, Peru, Rossiya, Vyetnam ishtirok etadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:219 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930