• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Yanvar » 24 » “Baliqlarning hammasi tirik”. Buxoroda to‘y stoli akvarium baliqlari bilan bezatilganiga izoh berildi
01:19
“Baliqlarning hammasi tirik”. Buxoroda to‘y stoli akvarium baliqlari bilan bezatilganiga izoh berildi

Buxorodagi to‘yxonada tirik baliqlardan bezak sifatida foydalangan fuqaro va to‘yxona rahbari ogohlantirildi. Bu haqda  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i xabar berdi.

21-yanvar kuni o‘tkazilgan nikoh to‘yida mehmonlar uchun yozilgan dasturxonlarda shampan vinosi ichiladigan idishlarga ikki donadan tirik akvarium baliqlari solinib, ularning dekoratsiya, ya’ni bezak uchun qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Kamol Qo‘ziyevning ma’lum qilishicha, 23-yanvar kuni boshqarma xodimlari tomonidan holat joyiga borib o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, to‘yxona rahbari to‘ylarda to‘ychilar tomonidan bezatilgan bunday dekoratsiyani ilk bor ko‘rgani va hayratga tushganini bildirgan. Biroq u to‘y egasi Sh.S.ni ogohlantirmagan. Uning aytishicha, to‘yga kelgan bir nechta mehmonlar o‘z qiziqishlari bois ham shampan vinosi ichiladigan idishlarga solingan baliqlarni olib ketgan va to‘y egasi bunga hech qanday e’tiroz bildirmagan.

Shundan so‘ng boshqarma xodimlari fuqaro Sh.S. xonadonida bo‘lgan. O‘rganish davomida bezak sifatida foydalanilgan tirik baliqlar fuqaroga, ya’ni to‘y egasiga tegishliligi va hozirgi vaqtda baliqlarning barchasi tirikligi aniqlangan. Sh.S.ning so‘zlariga ko‘ra, baliqlar uyda akvariumda yetishtirilgan. Birortasi o‘lmagan.

"Jami 45 dona baliqlarimning hammasi tirik. Mana, uyga qaytarib olib keldik. Baliqlarning o‘lgani haqidagi xabarlar yolg‘on. Faqat bir nechtasini to‘yimizga kelgan mehmonlar va yaqin qarindoshlarimiz o‘zlari bilan olib ketishdi”, — degan to‘y egasi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi OAV va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Malika Shukrulloyevaning bildirishicha, Buxoro shahar ichki ishlar bo‘limi tomonidan to‘yxona rahbari ham, to‘y egasi ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ogohlantirilgan. Bunday holat takrorlansa, qonuniy javobgarlikka tortilishi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning sentabrida Oliy Majlis Senati kengashi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashining qo‘shma majlisida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar borasida so‘z yuritilgandi. Oktabrda esa Oliy Majlis Senati to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni e’lon qilgandi. 2020-yil 1-yanvardan boshlab, to‘y-hashamlarni tartibga solish haqidagi Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma qarori (yuridik jihatdan kuchi qonunga teng) kuchga kirgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga to‘ylarni o‘tkazish tartibini buzganlik uchun javobgarlik  belgilangan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:362 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31