• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 3 » BAAdan olib kelingan 7 kishi karantin qoidalarini buzgani uchun 15 sutkaga qamaldi
16:53
BAAdan olib kelingan 7 kishi karantin qoidalarini buzgani uchun 15 sutkaga qamaldi

Birlashgan Arab Amirliklaridan olib kelingan va Toshkent viloyatidagi "Energetiklar” sihatgohida saqlanayotgan 7 nafar fuqaro karantin qoidalarini buzgani uchun 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 1-aprel, chorshanba kuni, soat 20:00 da Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan "Energetiklar” sihatgohida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridan O‘zbekistonga qaytgan va karantinda bo‘lgan 7 nafar fuqaro — Sh.U., K.A., I.K., D.M. (ayol), Sh.T. (ayol), F.N. (ayol) va P.R. (ayol) belgilangan karantin qoidalarini buzgan.

Ular har xil uyatli so‘zlar bilan ushbu sihatgohda saqlanayotgan boshqa fuqarolar va karantin tartibini nazorat qiluvchi xodimlar oldida baqir-chaqir qiligan, ularning tinchligini buzgan. Ular tinchlikni ta’minlash uchun kelgan ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamoat joyida ularni ham uyatli so‘zlar bilan so‘kib, mayda bezorilik qilgan.

Yuqori Chirchiq tuman ma’muriy sudida 3-aprel, juma kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosida mazkur shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ko‘rib chiqildi.

Sud ularning ayblari ishda to‘plangan dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan, degan xulosaga keldi. Sudning 3-apreldagi qarori bilan mazkur 7 nafar fuqaroning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Avvalroq Farg‘onada karantin qoidasini buzib, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayol 5 sutkaga, IIB xodimlarini Telegram’da haqorat qilib, soxta ma’lumot tarqatgan qo‘qonlik deputat 15 sutkaga qamalgan edi. O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 22 286 ta holat aniqlandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:550 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь