• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 689
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
Главная » 2019 » Noyabr » 15 » Ayollarga spiral qo'yish
10:43
Ayollarga spiral qo'yish

Rejalashtirilmagan homiladorlikdan kontrasepsiya usullari, ayniqsa bachadon ichi spirali (spiral) yordamida saqlanish ayol sogʻligʻini saqlashda yordam beradi, yaʼni:

Sunʼiy abortlarni kamaytiradi;
Homiladorlikni rejalashtirish va bu jarayonga tayyorlanishga imkon yaratadi;
Oʻziga xos davolovchi taʼsirlari ham mavjud.
Ishonchli kontrasepsiya usullaridan biri – bachadon ichi spiralidir. Bu usuldan Xitoy, Rossiya va Skandinaviya mamlakatlari koʻp foydalanishadi. Bachadon ichi kontrasepsiyasining ustun jihatlari:

Narxining hamyonbopligi;
Uzoq muddat foydalanish mumkinligi;
Spiralni olib tashlangandan soʻng homilador boʻlish qobiliyatining tezda tiklanishi;
Emizikli davrda va boshqa yondosh kasalliklar vaqtida ham qoʻllash mumkinligi; 
Bachadon endometriy qavatiga davolovchi taʼsirga ega ekanligi (gormonal bachadon ichi spirallari);
Jinsiy aloqadagi cheklanishlar yoʻqligi, jinsiy aloqadan toʻliq ehtiyojni qondirish.

Bachadon ichi spirallari turlari
Bachadon ichi kontrasepsiyasining ikki xil koʻrinishi mavjud:

Inert;
Medikomentoz.
Inert bachadon ichi kontrasepsiyasi (BIK) plastik materialdan tayyorlangan, turli xil shakldagi mahsulotlar boʻlib, ular bachadon ichiga joylashtiriladi. Ammo, bu mahsulotlar 1989-yildan boshlab qoʻllanilishi tavsiya etilmaydi. JSST bu kabi kontrasepsiya usullarining samarasi yoʻqligi va ayol organizmiga xavfliligi haqida xabar bergan.

Hozirgi kunda bachadon ichi kontrasepsiyalaridan faqatgina spirallar qoʻllaniladi. Spirall – metal (mis, kumush) yoki gormonlardan tashkil topgan boʻladi. Ularning shakli bachadon boʻshligʻi kabi boʻladi va plastik materialdan tayyorlanadi. Metallar va gormonlar spiral samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

MDI davlatlarida eng koʻp foydalaniladigan bachadon ichi spirallari quyidagilardir:

Multiload Cu 375 – F harfini eslatuvchi mis bilan qoplangan boʻladi (375 mm2 qimi), 5 yilgacha samara beradi;
Nova-T – T harfi shaklida, 200 mm2 qismi mis bilan qoplangan, 5 yilgacha xizmat qiladi;
Cooper T 380 A – mis saqlovchi T-simon spirall, 8 yilgacha xizmat qiladi;
Gormonal bachadon ichi spirali "Mirena” – oʻzida levonorgestrel saqlaydi, bu gormon sekin-astalik bilan bachadon boʻshligʻida ajralib turadi, davolovchi taʼsirga ega, 5 yilgacha samara beradi.
Bachadon ichi spirallarining qaysi biri eng yaxshi?
Bu savolga aniq javob yoʻq, har bir spiral individual tarzda tanlanadi. Bunda ayolning sogʻligʻi, qoʻshimcha kasalliklari, zararli odatlar, homiladorlikni rejalashtirishi va boshqa omillar ahamiyatga olinadi.

Taʼsir mexanizmi
Bachadon ichi spirallarining taʼsir mexanizmi – spermatozoidlarni parchalash va embrionning bachadon devoriga yopishishiga yoʻl qoʻymaslik. Koʻpgina spirallar tarkibiga kiruvchi mis spermatotoksik taʼsirga ega, yaʼni bachadonga tushgan spermatozoidlarni oʻldiradi. Bundan tashqari mis spermatozoidlarni ushlab turadi va makrofaglar tomonidan parchalanishiga imkon yaratib beradi.

Agar tuxum hujayra urugʻlanadigan boʻlsa ham, spiralning abortiv xususiyati ishga tushadi, yaʼni urugʻlangan tuxum hujayrani bachadon devoriga yopishishiga toʻsqinlik qiladi:

Bachadon nayi mushaklari qisqaruvchanligini oshiradi va urugʻlangan tuxum hujayra qisqa vaqt ichida bachadon boʻshligʻiga tushadi va tezda nobud boʻladi;
Bachadon ichida spiral "yot jism” vazifasini bajaradi va bachadon ichi yalligʻlanadi (aseptik, noinfeksion), moddalar almashinuvi tezlashadi va tuxum hujayraning bachadonga birikishi qiyinlashadi;
Gormonal spirallar endometriy qavati atrofiyasiga olib keladi.
"Mirena” spirallari oʻzida gormonlarni saqlovchi rezervuarga ega, levonorgestrel gormoni sutkasiga 20 mkg dan ajralib turadi. Bu modda gestagen taʼsirga ega, endometriy qavat hujayralarini proleferatsiyasi va ularning atrofiyalashuviga sabab boʻladi. Hayz koʻrish vaqtida endometriy qavati toʻliq koʻchib tushadi. Gormon ovulyatsiya jarayoniga hech qanday taʼsir etmaydi, gormonlar nisbati oʻzgarmaydi.

Spiral ustidan homiladorlik​ roʻy berishi mumkinmi?
Bachadon ichi kontrasepsiyalarining samaraligi 98 % ga teng. Mis saqlovchi spirallardan foydalanilganda bir yil davomida har 100 ta ayoldan 1-2 tasida homiladorlik roʻy berishi mumkin. "Mirena” spirallari samaraligi yuqoriroq, homiladorlik bir yil davomida har 1000 ta ayoldan 2-5 tasida roʻy berishi mumkin.

Bachadon ichi spirallari qanday qilib joylashtiriladi?
Bachadon ichi spirallari foydalanishdan avval ayol homilador emasligiga ishonch hosil qilish kerak. Spirallarni hayz siklining 4-8 kunlarida qoʻyish tavsiya etiladi (hayz siklining 1-kunidan boshlab), umuman olganda bachadon ichi kontrasepsiyalarini joylashtirish muddati yoʻq. bachadondan mikroflora tekshiruvi uchun surtma olish va bachadon oʻlchamini bilib olish uchun UTT (UZI) tekshiruvi kerak boʻladi.

Jarayon ambulator sharoitda ogʻriqsizlantirishsiz amalga oshiriladi. Bu amaliyot ogʻriqsiz kechadi. Spiral joylashtirilgandan soʻng 1-2 kun ichida qorinning pastki sohalarida simillovchi ogʻriq hissi sezilishi mumkin. Keyingi hayz siklida 2-3 kun davomida hayz suyuqligi hajmi koʻproq boʻlishi mumkin. Bu vaqtda spiralning oʻz-oʻzidan koʻchib tushish xavfi bor.

Kesarcha kesish amaliyoti bajarilgandan soʻng, bachadon ichi kontrasepsiyalari yarim yil oʻtganidan keyin qoʻllaniladi. Buning sababi infekison asoratlardan himoyalanishdir. Spiral qoʻyilganda emizishga qarshi koʻrsatma yoʻq, bu esa bachadon ichi spirallarining yutuqlaridan biri.

Spiral qoʻyilgandan soʻng…
Bachadon ichi spirallari qoʻyilgandan soʻng bir hafta davomida:

Jismoniy zoʻriqishdan saqlanish;
Issiq dush va vannalar qabul qilmaslik;
Ich yumshatuvchi preparatlardan foydalanmaslik;
Jinsiy aloqaga kirishmaslik.
Qayta tekshiruv 7-10 kundan soʻng amalga oshiriladi, asoratlar boʻlmaganda 3 oydan soʻng yana bir bor tekshiruvdan oʻtish kerak boʻladi. Ayol kishi hayz sikli kelgan vaqtda bachadon ichi spirallarining holatini spiral iplari yordamida mustaqil ravishda tekshirib turishi lozim. Agar hech qanday shikoyatlar boʻlmasa, ginekolog tekshiruvidan har 6 oyda bir marotaba oʻtib turish kifoya.

Spiralni olib tashlash
Bachadon ichi spirallari xohishga koʻra, asoratlar rivojlansa yoki yaroqlik muddati tugagandan soʻng olib tashlanadi. Bachadon ichi kontraseptiv vositalarining yaroqlik muddati tugagan vaqtda olib tashlanadi va shu zahoti yangi kontraseptik qoʻyiladi.

Spiralni olib tashlashdan oldin bachadon UTT (UZI) da tekshiriladi va spiralning joylashgan oʻrni aniqlanadi. Soʻngra giteroskop yordamida bachadon boʻyini kengaytiriladi va spiral ipchasidan tortgan holda sekin asta tortib olinadi. 

Agar spiral ipchasi uzilib ketadigan boʻlsa, qolgan jarayon statsionar sharoitda amalga oshiriladi. Agar spiral bachadon ichida turib qolsa va hech qanday shikoyatlar tugʻdirmasa, uni olib tashlash shart emas, aks holda bu holat turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin.

Bachadon ichi spirali asoratlari
Bachadon ichi spirallarining nojoʻya taʼsirlariga quyidagilar kiradi:

Qorinning pastki sohasidagi ogʻriqlar;
Jinsiy aʼzolarda infeksiya;
Bachadondan qon ketishi;
Bu kabi belgilar barcha ayollarda kuzatilmaydi, ular kontrasepsiyaning asoratlari hisoblanadi.

Qorinning pastki sohasidagi ogʻriqlar
5-9 % ayollarda uchraydi. Siquvchi ogʻriq, qindan qonli ajralmalar bachadon ichi spiralining koʻchib ketganligidan dalolat beradi. Bu kabi asorat shakllanmasligi uchun spiral joylashtirilgandan soʻng nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar buyuriladi.

Bachadon oʻlchami va shakliga mos boʻlmagan spiral qoʻyilgan vaqtda ham ogʻriq paydo boʻladi. Bunday holatda spiral almashtiriladi.

Toʻsatdan paydo boʻlgan va kuchli ogʻriq bachadon devorlarining spiral tomonidan teshilganligidan darak beradi. Bu kabi asoratning uchrash chastotasi 0,5 % ni tashkil etadi. Perforatsiya odatda aniqlanmaydi, faqatgina spiralni olib tashlashning imkoni boʻlmagandagina shubha qilinadi. Toʻliq perforatsiya roʻy bergan vaqtda zudlik bilan laproskopiya yoki laprotomiya oʻtkazish kerak boʻladi.

Jinsiy aʼzolar infeksiyasi
Infeksion-yalligʻlanish asoratlari (endometrit) 0,5 dan 4 % gacha boʻlgan holatlarda uchraydi. Bu asoratning kechishi juda ogʻir, tana haroratining koʻtarilishi, kuchli ogʻriq, jinsiy yoʻllardan yiringli ajralmalar ajralishi kuzatiladi. Oʻz vaqtida davo choralari koʻrilmasa, bachadon toʻqimalari parchalanadi. Asorat kelib chiqmasligi uchun spiral oʻrnatilganidan soʻng keng spektrda taʼsir qiluvchi antibiotiklar qoʻllaniladi.

Bachadondan qon ketishi
Bachadondan qon ketish 24 % holatlarda qayd etiladi. Bunda hayz suyuqligi hajmining koʻpayishi (menorragiya), kam holatlarda hayz koʻrmayotgan vaqtda ham qon ketish (metrorragiya) kuzatilishi mumkin. Qon ketish temir tanqisligi anemiyasi, holsizlik, teri rangining oqarishi, hansirash, sochlar va tirnoqlarning sinuvchanligi va ichki aʼzolarda distrofik oʻzgarishlar bilan kechadi. Qon ketishlarning oldini olish maqsadida spiral oʻrnatilishidan 2 oy oldin oral kontraseptiv vositalardan foydalanib turish zarur. Agar menorragiya anemiyalarga sabab boʻlsa, bachadon ichi spirali olib tashlanadi.

Homiladorlik roʻy berishi
Bachadon ichi kontrasepsiyasi homiladorlik roʻy berish ehtimolini kamaytiradi. Bunday vaqtda bachadondan tashqari homiladorlik roʻy berishi mumkin. Agar bachadon ichi kontrasepsiyasi qoʻllanilgan holda homiladorlik roʻy bergan boʻlsa, uning kechishi 3 xil shaklda kechishi mumkin:

Sunʼiy homiladorlikni toʻxtatish – spiral qoʻyilgan vaqtda homiladorlik roʻy berishi infeksion asoratlar rivojlanishi va homiladorlikning yarmida tabiiy abort kuzatilishi mumkin.
Bachadon ichi kontrasepsiyalarini olib tashlash – homiladorlikning oʻz oʻzidan toʻxtashiga olib kelishi mumkin;
Homiladorlikni saqlab qolish. Bunday vaziyatda spiral olib tashlanmaydi, u bola dunyoga kelgan vaqtda yoʻldosh bilan birga koʻchib tushadi. Ammo, homiladorlik kechishida asoratlar rivojlanish xavfi oshadi.
Spiral olib tashlangandan soʻng 90 % bemorlarda qayta homilador boʻlishi tiklanadi, albatta bunda boshqa turdagi kontraseptiv vositalardan foydalanmaslik kerak.

Bachadon ichi spirallaridan foydalanishga koʻrsatmalar
Spiraldan foydalanish ayollarda turli xil asoratlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu usul boshqa kontraseptiv vositalarning samarasi boʻlmagan holatda oʻtkaziladi.

Bachadon ichi spiralidan qisqa muddatga foydalanishdan maʼno yoʻq. ayollar kamida 1 yil yoki undan koʻp muddatga homilador boʻlmaslikni rejalashtirishlari zarur.

Bachadon ichi spirallari jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan infeksiyalardan himoya qila olmaydi. Aksincha spiral infeksion kasalliklar rivojlanish xavfini oshirib yuboradi.

Bachadon ichi spirali qoʻllaniladigan holatlar
Faol jinsiy aloqa fonida koʻp marotaba homilador boʻlish;
Homilador boʻlishni xohlamaslik;
Ekstragenital kasalliklar vaqtida homilador boʻlishga qarshi koʻrsatmalar boʻlganda;
Ayol yoki uning juftida nasliy genetik kasalliklar boʻlganda.
Bachadon ichi spiralidan foydalanishga qarshi koʻrsatmalar
Absolyut qarshi koʻrsatmalar:

Homiladorlik;
Endometrit, adneksit, kolpit va boshqa kichik chanoq aʼzolari yalligʻlanish kasalliklari;
Bachadon boʻyni yoki bachadon boʻshligʻi oʻsma kasalliklari;
Bachadondan tashqari homiladorlik roʻy berish xavfi yuqori boʻlganda.
Nisbiy qarshi koʻrsatmalar:

Bachadondan qon ketish, hayz suyuqligi hajmining koʻpayishi;
Endometriy giperplaziyasi;
Hayz koʻrishda ogʻriqlar;
Bachadon tugʻma yoki orttirilgan deformatsiyalari;
Qon kasalliklari;
Bachadon submukoz miomasi;
Ichki aʼzolarda ogʻir yalligʻlanish kasalliklari;
Spiral tarkibiga kiruvchi elementlarning organizm tomonidan qabul qilinmasligi (mis, levonogestrel).
Bachadon ichi spiralidan foydalanish, uning turini tanlash faqatgina ginekolog shifokor tomonidan amalga oshiriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1406 | Добавил: Admin | Теги: foydali | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930