• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 291
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 24
Гостей: 24
Пользователи 0

Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Главная » 2020 » Fevral » 22 » Avstraliyada o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan dvarfizmga chalingan bolaga Rosomaxa superqahramoni va sportchilar dalda bo‘ld
19:49
Avstraliyada o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan dvarfizmga chalingan bolaga Rosomaxa superqahramoni va sportchilar dalda bo‘ld

Avstraliyalik Yarraka Beyls Facebook’da o‘zining to‘qqiz yashar o‘g‘li Kveydenning maktabdagi tazyiqlar uchun yig‘layotgani va o‘z joniga qasd qilish uchun "pichoq bering”, deb so‘ragani aks etgan videoni joylashtirdi, deb yozmoqda Tjournal.

Onasining ta’kidlashicha, o‘g‘li avval ham o‘zini o‘ldirishga uringan. "Mana bulling (bu yerda maktabdagi mushtumzo‘rlar bosimi nazarda tutilmoqda) qanday oqibatlarga olib keladi. U bilan har kuni kurashaverib charchadik. Iltimos, bolalaringizni tarbiya qilsangiz bo‘lmaydimi?”, — degan u.

Dvarfizmga chalingan odamlar pas bo‘y va nomutanosib tanaga ega. Ularning bo‘yi 81 santimetrdan 142 santimetrgacha bo‘ladi. Dvarfizm bir kasallik oqibati emas — u yuzlab turli tashxislar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Video ijtimoiy tarmoqda 16 million marta ko‘rilgan. Voqeadan hatto mashhurlar ham xabar topgan. Dvarfizmga chalingan qiziqchi Bred Uilyams Disneylendga bora olishi uchun Kveydenga atab GoFundMe’da mablag‘ yig‘ishni tashkillashtirgan. "Kelinglar, Kveyden va boshqalarga bu dunyoda yaxshi narsalarga arzishini bir ko‘rsataylik”, deb yozilgan xayriya sahifasida.

Dastlab 10 ming dollar to‘plash maqsad qilingan bo‘lsa-da, Uilyam atigi ikki kun ichida xayriyadan 200 ming dollar yiqqan. Bu pullarni Kaliforniyaga uchib kelish, turar joy to‘lovi va Disneylendga chipta olish uchun Beyls oilasiga sarflashni rejalashtirmoqda. Aviachiptalar bepul taqdim etib bo‘lindi. Ortib qolgan pullarni esa qiziqchi bulling profilaktikasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotga xayriya qilmoqchi.

Kveydenni, superqahramonlar rolini ijro etgan avstraliyalik aktyorlar Xyu Jekman (Rosomaxa) va Kris Xemsvorn (Tor) qo‘llab quvvatlagan.

Uni, shuningdek Avstraliya milliy regbi ligasi ham qo‘llab-quvvatlab, bolani Yangi Zelandiyaning "barcha yulduzlari”ga qarshi navbatdagi o‘yinda jamoani boshqarishga chaqirgan.
Avstraliyalik bokschi va IBF’ning sobiq jahon chempioni Billi Dib esa uni boks bo‘yicha mashg‘ulotlarga taklif qildi.


Amerikaning Xyuston Rokets basketbol jamoasi ham bolani qo‘llab-quvvatladi uni o‘z o‘yiniga taklif qildi.

Bolaning onasi Yarraka Beyls Seven News nashriga bergan intervyuda bunday qo‘llab-quvvatlashlarni kutmaganligini aytib, barchaga minnatdorchilik bildirgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:620 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829