• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 27 » ATK vazirligi internet va telefon 2 oy o‘chirilmasligi haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi
17:42
ATK vazirligi internet va telefon 2 oy o‘chirilmasligi haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi

O‘zbekistonda 24-martdan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgani xabar berilgan edi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 23-mart kuni qabul qilingan "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorida belgilangan.

Unga ko‘ra, bir qator choralar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekistonda 24-martdan boshlab fuqarolar tomonidan Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun 2 oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

ATK vazirligi qaror bo‘yicha ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushayotgani sababli mazkur masalaga izoh berib, aniqlik kiritdi.

Mazkur qarorga ko‘ra, litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari, ikki oy davomida simli telefon aloqasi (xalqaro telefon so‘zlashuvlardan va mobil aloqasidan tashqari) hamda Internet jahon axborot tarmog‘iga simli va simsiz ulanish xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan hollarda abonentlar tarmoqdan o‘chirilmasligi ta’minlanadi.

Shuningdek, qayd etilishicha, tashqi Internet trafigi cheklangan tarif rejalarida limitdan tashqari trafik narxini arzonlashtirish imkoniyatlari o‘rganib chiqilmoqda. Respublikada uzluksiz aloqani ta’minlash va fuqarolarga imkoniyatlar yaratish maqsadida telekommunikatsiya operatorlari ham faol ishtirok etayotgani ta’kidlangan.

Xususan, O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha karantin rejimi e’lon qilingan vaqtdan boshlab barcha telekommunikatsiya operatorlari umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uydan bemalol fanlarni o‘zlashtirish uchun Xalq ta’limi vazirligi portali, Respublika bolalar kutubxonasi veb-sayti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab veb-portali, mahalliy videomanbaga , "ZiyoNET” ta’lim portali va  Edu Market, Online Maktab, MOOC kabi ta’lim manbalarining veb-saytlarga bepul kirishni ta’minlab berdi.

Fuqarolarni oxirgi yangiliklardan xabardor qilish maqsadida telekommunikatsiya operatorlari abonentlariga eng ko‘p o‘qiydigan ommaviy axborot vositalarining manbalaridan — daryo.uz, uzreport.news, xabar.uz, gazeta.uz, kun.uz, podrobno.uz, repost.uz, uznews.uz, spot.uz bepul foydalanish imkoni taqdim etildi.

Jamoatchilikni koronavirus to‘g‘risida xabardor qilish va tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida rasmiy veb-saytiga kirishi ham bepul qilingan. Mazkur manbada koronavirus haqida va O‘zbekistonda koronavirusga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida obyektiv va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

O‘zbekistonda koronavirus masalasida ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish uchun 16-martdan Toshkentda fuqarolarimizdan koronavirus infeksiyasi yuzasidan tug‘ilgan savollariga o‘z vaqtida javob olish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi Call-markazining qisqa "1003” yagona raqami 24 soat davomida ishlab turibdi. Fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar barcha telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan respublikada bepul amalga oshirilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:560 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031