• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 21 » Asalarichilarning shaxsiy avtomobilda Toshkent viloyatidagi karantin postlaridan o‘tishiga ruxsat berildi
20:46
Asalarichilarning shaxsiy avtomobilda Toshkent viloyatidagi karantin postlaridan o‘tishiga ruxsat berildi

Toshkent viloyati asalarichilari assotsiatsiyasining a’zolariga shaharga kirish va chiqishda karantin postlaridan o‘tish vaqtida ko‘rsatish uchun alohida yo‘nalish varaqalari berildi. Bu haqda "Gazeta.uz” assotsiatsiya raisi Baxtiyor Hakimovga tayanib xabar berdi.

Avvalroq shaxsiy transportda harakatlanishi uchun stiker yo‘qligi Toshkent shahrida yashovchi asalarichilar shahar tashqarisida joylashgan asalari uyalarida ishlay olmayotgani va shu sababli hukumatdan bu borada yordam so‘ragani, aks holda asalarilar nobud bo‘lishi yoki uchib ketishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Asalarichilarning aytishicha, asalarilarning daraxtlar va ekinlarni changlantirishi hosildorlikning 50 foizgacha oshishiga xizmat qiladi.

20-aprel, dushanba kuni, Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati muammoning bartaraf etilganini xabar qilgan. Unga ko‘ra, 100 dan ortiq asalarichilar karantin postlaridan o‘tish huquqini beradigan tegishli yo‘nalish varaqalari bilan ta’minlangan.

"Toshkent viloyati IIBB xodimlari biz bilan muloqot qilishdi va bu borada yordam ko‘rsatilishini aytishdi. Ro‘yxat tuzildi. Assotsiatsiyada ro‘yxatdan o‘tgan har bir asalarichiga yo‘nalish varaqasini tuzib chiqdik. Shu kuni oqshomda reja bo‘yicha ishlar boshlandi. Postlarda to‘xtatilgan asalarichilardan tegishli hujjatlar so‘raldi va ular ro‘yxat asosida o‘z manziliga o‘tkazib yuborildi”, — deydi assotsiatsiya vakili Anatoliy Bondarenko.

Tashkilot rahbari Baxtiyor Hakimov postda to‘xtatilgan asalarichi o‘z guvohnomasi, mashinaning hujjatlari, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va marshrut qog‘ozini ko‘rsatishi lozimligini bildirgan.

Toshkent viloyati IIBB qoshida ruxsatnomalarsiz postlardan o‘tishiga ruxsat etilgan transport vositalarining harakatiga mas’ul tezkor shtab tashkil qilingan. Shtab kuniga 24 soat davomida faoliyat olib bormoqda va muammoli masalalar, takliflar va murojaatlarni (95) 475-75-41 telefon raqami orqali qoldirish mumkin, deyiladi xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:589 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь