• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 234
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 160
Гостей: 160
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2018 » Iyul » 7 » Asablar chatoqmi? Tarvuz eng!
08:01
Asablar chatoqmi? Tarvuz eng!

Yozgi pishiqchilik davrida maza qilib mevalarga to`yish kerak, nima dedingiz? Ayniqsa, tarvuz tanovuli xo`p va ko`p bo`lsa, ayni muddaodir. Negaki, tarvuzning foydasi talaygina-da. Ammo uni eyishda ham me`yor bo`lishi kerak. Yana tarvuzning o`g`it bilan «boqilgani»ga duch kelsangiz, foyda tugul, xavfli kasallikka yuz tutish mumkinligini ham bilish kerak. Shunday qilib, tarvuz kimlarga foyda-yu, kimlarga zarar hamda qaysi xastaliklarda yordam berishini shifokor Abduhalil BANNAEVdan bilib olamiz.

FOLIY KISLOTAGA BOY

Boshqa mevayu sabzavotlar qatori temir, kaliy va magniy moddalari, V, A, S vitaminlariga boy bo`lgan tarvuzning yana bir ahamiyatli jihati tarkibida nihoyatda yuqori darajada foliy kislotaning ko`pligi sanaladi. Bilasiz, foliy homilador ayollar uchun nihoyatda foydali. Shunday ekan, bo`lajak onalar tarvuzni kunora, 2-3 tilimdan eyishlari ayni muddao.

!Tarvuzni etishtirishda turli xil kimyoviy o`g`itlar – nitratlar qo`shilishi hech kim uchun sir emas. Asli nitratlar organizm uchun zararli emas, ammo ular oshqozonga tushgach, ichaklarda nitrat moddasiga aylanishi birmuncha xavfli. Agar yozbo`yi nitrat bilan «boqilgan» tarvuz eyaversangiz, nima bo`lishini bilasizmi? Engil holatda biron ichak kasalligi (misol uchun ichburug`), og`irlarida esa kamqonlik, yoki o`sma xastaligini orttirib olishingiz hech gapmas. Shuning uchun bu poliz mahsulotini tabiiy pishgan davri – iyul oxiri va avgust boshida tanovul qilgan ma`qulroq. Har ehtimolga qarshi!

!Tarvuzning kuchli siydik haydovchi ta`sirga egaligini ham bilasiz. Lekin homiladorlikning so`nggi oylarida tarvuz eyishda me`yorni bilmoq kerak. Aks holda siydik pufagi kengayib, atrofidagi boshqa ichki a`zolar, shu jumladan bachadonga ham og`riq keltirishi mumkin.

AChChIQLANMANG-A...

Tarkibida ko`p miqdorda magniy saqlagan tarvuz – yurak va buyrak uchun foydali. 100 gramm tarvuzda organizm uchun kerakli bo`lgan magniyning 60 foizi mujassam. Magniy mushakdagi og`riqlar, zo`riqish, charchoq va asabiylikda ham kor kelishi ilmiy isbotlangan. Asabiylashadigan, uyqungiz qochadigan bo`lsa, kunbo`yi tarvuz eng, hammasi joyiga tushadi. Foyda berishi uchun bu parhezni kamida 5 kun davom ettirish kerak.



IChIMLIK O`RNINI BOSADI

Tarkibi 85 foizga suvdan iborat bo`lgan tarvuz zo`r chanqoqbosdi hisoblanadi. Shu bois, u diabet bilan xastalangan bemorlarda uchraydigan og`iz qurishi, qaltiroqni tez bosib, ahvolning yaxshilanishiga xizmat qiladi.

EHTIYoT BO`LING!

Tarvuz tarkibidagi kletchatka moddasi ovqatning tez va muloyim hazm bo`lishini ta`minlaydi ammo oshqozonida biron muammosi bo`lganlar uchun zarar qilishi, ichketarni keltirib chiqarib, organizmni suvsizlantirib qo`yishi ham mumkin.

OZMOQChI BO`LSANGIZ

Tarvuz organizmdan suyuqlikni tez chiqargani bois, 2 kundayoq 2 kilo vazn tashlashingiz aniq. Yana to`qtutar bo`lgani uchun uni eb yurganda qorin ochmaydi. «Tarvuzli parhez» ning foydasi beqiyos – bir hafta ichida 5-6 kiloga oson ozishingiz va organizmni ortiqcha tuzlar, qonni esa xolesterindan tozalashingiz mumkin. Lekin bu parhezdan buyragi og`riydigan, buyragi yoki o`t qopida toshi bor, qon bosimi ko`tarilib-tushadiganlar uchun emas. Yana tarvuzli parhez 3 kundan ortiq davom ettirilimasligiga ham diqqat qiling.

DANAGIDA FOYDA BOR

Ba`zilar tarvuz danagini yutvorsa, appendisit yuzaga kelishi yoki ichak buralib qolishi mumkin deb o`ylaydi. Aslida esa tarvuz danagi qon bosimini tushirishi, gijjadan organizmni tozalashi, ateroskleroz va diabet kasalida davo bo`lishi, qonni ko`paytirishi mumkin. Lekin buning uchun ularni butunligicha yutish emas, oftobda quritib, mayda kukun holiga keltirib, yarim choy qoshiqdan nahorga suv bilan yutish kerak.

! siydik-tosh kasalligi hamda kolit (ichak xastaligi) bilan og`rigan odamlarga bu usul to`g`ri kelmaydi.

QANDAY TANLAYMIZ?

Tarvuzning «dumchasi» qurigan, yonboshida sariq dog`i bo`lsa, ikkilanmay tanlang, u pishgan.
Ustiga urganda, tarsillaydi.
Tarvuzda kimyoviy o`g`it ko`pligini bilmoqchi bo`lsangiz, uni kesgach, bir tilimini suvga soling, suv qizarsa, demak, iste`molga yaroqsiz.
Yana tarvuzni kesganda usti g`adir-budirligiga ham ahamiyat bering. Yuzasi silliq, rangi pushti yoki haddan ziyod to`q qizil, ichi pag`a-pag`a bo`lib ketgan, sarg`ish bo`lsa, bu tarvuzni emagan ma`qul.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1368 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031