• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 20 » Ar-Riyodda G20 davlatlari koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini muhokama qiladi
13:27
Ar-Riyodda G20 davlatlari koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini muhokama qiladi

G20 davlatlari moliya vazirlari jahon iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari sekinlashishini taxmin qilmoqda. Nisbatan kamtarona o‘sish sur’atlari bir nechta omillar tufayli kutilayotgan bo‘lib, ulardan asosiysi Xitoyda koronavirus tarqalishidir.

"RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Reuters qo‘lga kiritgan 22—23-fevral kunlari Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan G20 moliya vazirlari va markaziy bank boshqaruvchilarining yig‘ilishida taqdim etiladigan hisobotda aytilgan.

"2019-yil oxirida barqarorlashuv alomatlaridan so‘ng, 2020—2021-yillarda global iqtisodiy o‘sish birmuncha sekinlashishi kutilmoqda. Uning tiklanishiga qulay moliyaviy sharoitlar va savdo keskinligini yengillashtiradigan ba’zi belgilar yordam beradi”, — deyiladi hisobot matnida.

Shunga qaramay, global iqtisodiy o‘sish sekinligicha qolmoqda va uning istiqbollari uchun xatarlar ham saqlanib qoladi. Birinchi navbatda bu koronavirus tarqalishi, geosiyosiy keskinlik va siyosiy noaniqliklar tufayli yuzaga keladi, deyiladi yakuniy ko‘rinishi qabul qilinishidan oldin o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan hisobotda.

2020-yilda G20’ga Saudiya Arabistoni raislik qiladi. 1-dekabrdan "Katta yigirmalik” rahbarligi Saudiya Arabistoni qirolligi ixtiyoriga o‘tdi. Saudiya Arabistoni G20 rahbarligida Yaponiyani almashtirdi. Bu mazkur tashkilotning arab davlatidagi ilk yig‘ilishi bo‘ladi. Uchrashuv 22—23-fevral kunlari Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.

Kyodo agentligining xabar berishicha, uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, mahsulot yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar va sayyohlar oqimining pasayishiga olib kelgan vaziyat borasida tegishli choralarni muhokama qiladi.

Avvalroq Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus tufayli mamlakat hududidagi zavod va do‘konlar epidemiya oqibatida yopib qo‘yilgani, bu butun dunyoda 5 milliondan ortiq kompaniyalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani xabar berilgan edi.  Fitch xalqaro reyting agentligi koronavirusning tarqalishi Xitoyda avtomobil sotish hajmining pasayishiga va butun dunyo bo‘ylab avtomobillar yetkazib berish jarayonining buzilishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Hozirda Xitoydagi asosiy sanoat tarmoqlari bo‘yicha korxonalar koronavirus tarqalishi sharoitida ishlab chiqarishni davom ettirishni boshladi, biroq hali ham ularning ishini qiyinlashtiruvchi muammolar mavjud. Virus tufayli Xitoyning 300 ta kompaniyasi 8,2 milliard AQSh dollari miqdorida qarz olishni rejalashtirmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:639 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829