• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Noyabr » 9 » AQSHning yangi prezidenti Donald Trampning tarjimai holi
22:10
AQSHning yangi prezidenti Donald Trampning tarjimai holi

To‘liq ismi Donald Jon Tramp bo‘lgan AQSHning yangi, 45-prezidenti 1946 yil 14 iyunda Nyu-York shtati Kuins shahrida tug‘ilgan.
 
Otasi – Fred Krist Tramp (1905-1999)
Onasi – Meri Enn Maklaud (1912-2000)
Oilada 5 farzand: kichik Fred(marhum), Donald, Robert, Merienn va Elizabet.
 
Trampning ota tarafdan bobo va buvisi asli germaniyalik muhojirlar bo‘lishgan. Ona tarafdan esa bobosi va buvisi shotlandiyalik bo‘lishgan.
 
Donald Tramp Kuinsdagi Kyu-Forest maktabida o‘qigan. 13 yoshida esa Nyu-Yorkdagi harbiy akademiya internat-maktabida o‘qishni davom ettirgan.
 
O‘qish davomida turli yutuqlarga erishgan, futbol va beysbol jamoalarida o‘ynagan. 1964 yilda akademiyani a'lo bahoga bitirgan Tramp Fordem universitetiga o‘qishga kirgan. U iqtisod va moliya sohasi bo‘yicha bakalavr darajasini olganidan so‘ng 1968 yilda otasi bilan ishlashni boshlaydi. Otasi ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullangan.
 
1971 yilda u Manxettenga ko‘chib ketadi. Bu yerda ham u ko‘chmas mulk, qurilish bilan shug‘ullanadi va biznesi kengayib boradi. 90-yillar boshida Trampning moliyaviy qudrati 1 milliard dollarga baholangan.
 
U mehmonxona, ko‘ngilochar maskanlar, turar-joylarga egalik qilish bilan birga "Trump Shuttle Airline” aviakompaniyasi va "New Jersey Generals” futbol klubining ham rahbari edi.
 
Biroq ana shu davrda Tramp banklardan olgan qarzlari, kreditlari tufayli inqiroz yoqasiga keladi. Bir necha yil davomida shaxsiy mulkiga aylantirgan kompaniyalarini sotishga majbur bo‘ladi.
 
Tramp 1997 yilgacha barcha qarzlaridan qutuladi va yangi loyihalar ustida ish boshlaydi. 2001 yilda Koreyaning Daewoo kompaniyasi bilan hamkorlikda 72 qavatli Trump World Tower’ni qurib bitkaziladi.
 
2008 yilda kuzatilgan jahon inqirozi Trampning biznesiga yana xavf soldi. 2009 yilda u o‘z kompaniyasining direktorlar kengashidan chiqib ketadi.
 
TELEVIDENIYEDAGI FAOLIYATI:
 
2002-yilda "Nomzod” nomli shou dasturni yo‘lga qo‘yadi.  Donald Tramp bir necha film va seriallarda ham rol ijro etgan. Shulardan eng mashhuri "Uyda yolg‘iz-2” kartinasidagi epizodi. Nyu-Yorkda yo‘qolib qolgan Kelvin Makoleyga yo‘l ko‘rsatib yuborish sahnasida chiqadi.
 
Shuningdek, Tramp "Enaga”, "Beverli-Xillslik shahzoda”, "Hayotimiz kunlari” kabi filmlarda ham ishtirok etgan.
 
2007 yilda Gollivudning "Yulduzlar alleyasi”da Donald Trampning yulduzi paydo bo‘lgan.
 
Shaxsiy hayoti:
 
Donald Tramp bir necha bor uylangan. 1977 yilda Chexoslovakiyadan bo‘lgan model Ivane Zelnichkov bilan turmush qurgan Tramp 1992 yilda ajrashgan. Ularning 3 farzandi bor: kichik-Donald, Ivanka va Erik.
 
1993 yilda Tramp 29 yoshli Marle Meyplzga uylanib, 1999 yilda ajrashadi. Ularning Tiffani ismli qizlari bor.
 
Tramp 2005 yilda o‘zidan 24 yosh kichik bo‘lgan Melanye Knausga uylanadi. Ularning Berron Uilyam ismli o‘g‘li bor.
 
Donald Tramp 8 nafar nevaraning bobosi hisoblanadi.
 
Trampning xobbisi – golf.
 
Siyosatchi bir necha kitoblarning ham muallifi hisoblanadi:

"YUqorida yashab qolmoq” (1990)
"Tirik qolish san'ati” (1991)
"Qaytish san'ati” (1997)
"Biz erishgan Amerika” (2000)
"Qanday qilib boy bo‘lish mumkin?” (2004)
"YUqoriga yo‘l” (2004)
"Milliarder kabi o‘yla. Omad, ko‘chmas mulk va umuman hayot haqida haqiqatlar”(2004)
"Golf o‘ynashda mening eng yaxshi maslahatim” (2005)
"Nega biz sizni badavlat bo‘lishingizni istaymiz?” (2006)
"Yuksak fikrlar va to‘xtama” (2007)
"Ko‘chmas mulk bo‘yicha mening eng yaxshi maslahatim: 100 nafar ekspertlar o‘z strategiyalarini ma'lum qiladilar” (2007)
"Omad formulasi”(2007)
"Tramp hech qachon mag‘lub bo‘lmaydi. Men muammolarimni omadga aylantirganim haqida” (2008)
"O‘rganilgan Amerika: Amerikani qanday qilib yana buyuk mamlakatga aylantirish mumkin?” (2015)


Категория: Har-Hil | Просмотров:3855 | Добавил: Admin | Теги: AQSHning yangi prezidenti Donald Tr | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь