• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Avgust » 10 » AQSHlik kelinchakning otasi to‘yga boshqa inson tanasida keldi
21:10
AQSHlik kelinchakning otasi to‘yga boshqa inson tanasida keldi

Jeni otasining yuragi ko‘chirib o‘tkazilgan kishidan to‘yida otasining vazifasini bajarishni so‘radi...

AQSH odatlariga ko‘ra, nikoh o‘qish marosimida kelinni kuyov oldiga uning otasi kuzatib boradi. Agar kelinning otasi biror sabab bilan marosimda ishtirok eta olmasa, kelinchakning amakilari, akasi yoki ukasi bu vazifani ado etishi kerak.
 
Bir necha kun avval Pensilvaniyada o‘tgan to‘y marosimida kelinchakning otasi boshqa inson tanasida tashrif buyurdi, deb yozadi "Medportal.ru” nashri.  Gap shundaki, bundan 10 yil avval, 2006 yilning sentyabrida uylariga tushgan 16 yoshli o‘g‘ri Jeni Stepiyenning otasiga qarata o‘q uzadi. Erkak og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkaziladi. Biroq oila boshlig‘ini saqlab qolishning imkoni bo‘lmaydi. Shundan so‘ng, Stepiyenlar oilasi otalarining tana a'zolarini boshqa bemorlarga transplantatsiyaga berishga rozilik bildirishadi. Shu tariqa Maykl Stepiyenning yuragi Nyu-Jersilik 4 farzandning otasi, 16 yoshidan beri taxikardiyadan aziyat chekuvchi Artur Tomasga transplantatsiya qilinadi.
 
Stepiyenlar murojaat qilgan tashkilot operatsiyadan so‘ng, yaqin kishilarining yuragi transplantatsiya qilingan bemorlarlar va bunga rozilik bergan oilaning o‘zaro uchrashib turishiga ruxsat berardi. Shu sababli, Artur Tomas operatsiyadan so‘ng, Stepiyenlarning oilasiga minnatdorchilik  maktubini yubordi. Shundan so‘ng, har ikki oila uzoq yillar muloqotda bo‘lib turishdi.
 
Bir necha oy avval, ya'ni to‘y sanasi ma'lum bo‘lgach, marhumning qizi Jeni turmushga chiqayotgani sababli, Arturdan otasi o‘rnida uni mehrob oldiga olib borishini so‘raydi. Artur ushbu sharafli vazifani bajarishga rozilik bildirdi va Nyu-Jersidan Pensilvaniyaga keldi.
 
Jenini mehrob oldiga, boshqa inson tanasida bo‘lsa ham otasining yuragi kuzatib bordi.
 
"Men, Jenining to‘yiga uning otasi vazifasini bajarish uchun kelganimdan baxtiyorman. Agar kerak bo‘lsa, shu yergacha piyoda kelgan bo‘lardim”, deydi minnatdorlik ohangida Artur Tomas.




Категория: Har-Hil | Просмотров:1956 | Добавил: Admin | Теги: AQSHlik kelinchakning otasi to‘yga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь