• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 24 » AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi dorilar sinovida 20 kishi vafot etdi. Tajriba to‘xtatilgan
01:26
AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi dorilar sinovida 20 kishi vafot etdi. Tajriba to‘xtatilgan

AQShda bezgakka qarshi xloroxin preparatini koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llash bo‘yicha sinovlar to‘xtatildi. Tajribalar vaqtida avval taxmin qilinganidek, ayrim bemorlarda yuragida muammolar kuzatildi va 20 nafar ko‘ngilli ushbu holat oqibatida vafot etdi. Tadqiqot natijalari 24-aprel, juma kuni, Amerika tibbiyot assotsiatsiyasining jurnalida e’lon qilingan.

Sinovlarda 81 nafar odam ishtirok etgan. Koronavirus bilan kasallangan va ushbu dori orqali tuzalishni istagan bemorlarga 10 kun davomida xloroxindifosfat yuborilgan. Bemorlar ikki guruhga bo‘lingan va biriga katta doza, boshqasiga esa nisbatan yuqori bo‘lmagan dozada dori jo‘natilgan. Birinchi guruhda avvaliga kasallikning og‘ir o‘tishi 50 foizga kamaygan, ammo uzoq vaqt o‘tmay olimlar preparatning virusga yuqori konsentratsiya bilan ta’sir qilishi mumkinligi, ammo bu organizmda aks ta’sir uyg‘otishini aniqlagan.

"Ushbu tadqiqotning dastlabki natijalaridan kelib chiqib, CQ’ning nisbatan yuqori dozasini COVID-19 bilan kasallangan og‘ir ahvoldagi bemorlarga bermaslik tavsiya qilinadi, sababi preparat odam sog‘lig‘ini xavf ostida qoldirishi mumkin”, — deyiladi tadqiqot xulosalarida.

CNBC nashri AQSh prezidenti Donald Trampning ushbu dori vositasini brifinglar davomida "reklama” qilganini, keyinchalik olimlar Oq uyni bu kabi bayonotlar uchun tanqid qilganini eslatgan. Shuningdek, Tramp olimlardan yana bir narsani, ya’ni "nafas yo‘llarini dezinfeksiya qilish” koronavirusga qarshi kurashda qanchalik samara berishini aniqlashni so‘ragan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:565 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь