• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » AQShda koronavirus sababli aholiga berilgan rag‘batlantiruvchi to‘lovni olganlar qatorida 1 milliondan ortiq vafot etgan odam borligi aniqla
22:01
AQShda koronavirus sababli aholiga berilgan rag‘batlantiruvchi to‘lovni olganlar qatorida 1 milliondan ortiq vafot etgan odam borligi aniqla

AQSh hukumati koronavirus pandemiyasi fonida vafot etgan kishilarga rag‘batlantiruvchi to‘lov sifatida 1,4 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘lagan. Bu haqda mamlakat Hisob palatasining hisobotiga tayanib, "RBK” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 30-aprel holatiga ko‘ra, umumiy qiymati 1,4 milliard dollar bo‘lgan 1,1 millionta to‘lov vafot etgan kishilar nomiga jo‘natilgan.

Hisobotda qayd etilishicha, soliq boshqarmasi va Moliya vazirligi 269 milliard dollar miqdoridagi 160,4 millionta to‘lovni tezkorlik bilan to‘lashni boshlagan. Biroq ba’zi shaxslarga to‘lovlarni yetkazishda qiyinchiliklarga hamda to‘lovlarni olish huquqiga ega bo‘lmaganlar — vafot etganlar yoki firibgarlarga nisbatan xatarlarga duch kelingan.

Hisob palatasining ma’lum qilishicha, shoshilishlar sababli rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni oluvchilarning ma’lumotlari vafot etganlarni ro‘yxatga olish bazasi ma’lumotlari bilan solishtirilmagan. Soliq xizmati esa 2018 va 2019-yilda soliq deklaratsiyasi topshirgan, biroq keyin vafot etgan shaxslarga to‘lovni rad etish uchun yuridik asosga ega bo‘lmagan.

Shu sababli AQSh Hisob palatasi soliq xizmatiga xato sababli olingan to‘lovlarni qaytarish usuli haqida ogohlantirishning iqtisodiy samarali yo‘lini ko‘rib chiqishni tavsiya qilgan.

Mart oyining oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp virus sababli mamlakat iqtisodiyotiga yordam berish uchun 2 trillion dollar ajratish haqidagi qonunni imzolagan. Mazkur moliyaviy yordam paketi mamlakat tarixidagi eng yirigi bo‘ldi. Mablag‘lar sog‘liqni saqlash tizimini qo‘shimcha moliyalashtirishga, biznesni qo‘llab-quvvatlashga va amerikaliklarga rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Yillik daromadi 75 ming dollargacha bo‘lgan fuqarolar 1,2 ming dollar oladi, bolalari bo‘lgan oilalar esa har bir bola uchun 500 dollardan oladi. Yordam o‘z ishidan ajralganlar va ish haqi kamaytirilganlar uchun mo‘ljallangan. AQSh hukumati kompaniyalarga qarz berish uchun 367 milliard dollar, kasalxonalar ehtiyoji uchun yana 130 milliard dollar yo‘naltiradi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda pandemiya boshidan buyon 2,4 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Shu bilan birga, AQSh Kasalliklar nazorati va oldini olish markazi direktori Robert Redfildning ma’lum qilishicha, mamlakatda, taxminan, 25 million kishi koronavirus bilan zararlangan bo‘lishi mumkin, bu esa rasmiy ko‘rsatkichlardan o‘n baravar ko‘p hisoblanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:464 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь