• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 13
Пользователи 1
Admin
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 18 » AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 ming kishidan oshdi
11:35
AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 ming kishidan oshdi

AQShda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 700 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 10:20 holatiga ko‘ra, AQShda 702 164 kishida koronavirus aniqlangan. 37 054 kishi infeksiya oqibatida vafot etgan bo‘lsa, 58 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng og‘ir vaziyatni Nyu-York shahri boshidan kechirmoqda, shaharda 13 mingdan ortiq odam koronavirus qurboniga aylangan. Nasso okrugida esa 1109 kishi koronavirusdan vafot etgan bo‘lsa, Ueyn okrugida (Michigan) ularning soni 1044 kishiga yetdi.

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 2,2 million kishidan, qurbonlar soni esa 154 ming kishidan oshib ketdi. Kasallar soni bo‘yicha AQShdan keyingi o‘rinda Ispaniya ketmoqda — 190,8 ming bemor (20 ming odam vafot etgan). Uchinchi o‘rinni esa 172 ming kasal va 22 ming qurbon bilan Italiya egallagan.

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 60-65 ming kishini tashkil etishi mumkin. Avvalroq Tramp AQShda koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi bilan bo‘lishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 15—16-aprel holatiga ko‘ra, AQShda bir sutka ichida qariyb 4,6 ming odam koronavirus oqibatida vafot etdi — bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:586 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь