• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1777
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » May » 20 » AQSHda ikkita to‘g‘on yorildi. Aholi evakuatsiya qilinmoqda
13:21
AQSHda ikkita to‘g‘on yorildi. Aholi evakuatsiya qilinmoqda

Kuchli yomg‘ir AQSHdagi Tittabavashi daryosidagi ikkita to‘g‘onning yorilishiga olib kelganidan so‘ng, Michigan shtati rasmiylari Midland shahrining 10 mingga yaqin aholisini evakuatsiya qilmoqda. Bu haqda bugun, 20 may kuni CNN telekompaniyasi xabar bermoqda.

Midland okrugi ma’murlari kengashi raisi Mark Bouning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda tabiiy ofatdan 3500 ga yaqin uy zarar ko‘rgan. Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, toshqin tuman tarixidagi eng kattasi bo‘lishi mumkin. "1986 yildagi katta suv toshqini 100 yil ichida eng jiddiysi, deb atalgan edi. Ammo hozirgisi 500 yil ichidagi eng katta toshqin", dedi Midland meri Bred Key.
Michigan gubernatori Gretchen Uitmer 19 may kuni Midland okrugida favqulodda holat joriy etilishini e’lon qildi. Evakuatsiya qilish uchun u yerga 

Milliy gvardiya kuchlari yuborilgan. Uitmer, shuningdek, shtatda koronavirus epidemiyasi davom etayotgani sababli vaziyat yomonlashayotganiga e’tibor qaratdi. Maxsus tashkil etilgan vaqtinchalik boshpanalarda qolishga majbur bo‘lganlar uchun gubernator niqob taqishni qat’iy tavsiya qildi.

Federal va mahalliy hokimiyat ma’lumotlari asosida hisob-kitoblarni amalga oshiradigan Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda 1,51 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 91,1 mingdan ortiq odam vafot etgan. 

Ayni paytda, Michigan izolyatsiya choralarini asta-sekin olib tashlashga tayyorlanmoqda. Shtatdagi ishlab chiqarish korxonalarining aksariyati 11 may kuni o‘z ishini qayta tikladi. General Motor, Ford va Fiat Chrysler zavodlari 18 may kuni ochiladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:644 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:07
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031