• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 15 » AQShda dunyoda birinchi marta koronavirus vaksinasi odamda sinab ko‘rildi
15:00
AQShda dunyoda birinchi marta koronavirus vaksinasi odamda sinab ko‘rildi

Dunyoda birinchi bo‘lib AQShning COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinasini olgan amerikalik Jennifer Xoller The Telegraph nashriga bu haqda o‘zining taassurotlarini gapirib berdi.

Ayni paytda Vashingtonning Sietl shahrida izolyatsiyada bo‘lgan 44 yoshli ayolning aytishicha, vaksinani uning chap yelkasiga qilishgan. Jarayon atigi bir necha soniya davom etgan.

"Birinchi kuni haroratim biroz ko‘tarildi. Ikkinchi kuni qo‘lim qattiq og‘ridi. Bo‘ldi — shundan so‘ng hammasi joyiga tushdi”, — deydi u. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, inyeksiyalash jarayoni grippga qarshi odatiy emlanishga o‘xshagan.

Qayd etilishicha, keyingi haftada Xallerga vaksinaning ikkinchi dozasi qilinadi. U kun bo‘yi shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.

The Telegraph’ning yozishicha, vaksina mRNA-1273 deb nomlangan. U Sietldagi Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy institutida yaratilgan. Dastlab u hayvonlarda sinab ko‘rilgan. Natijalar ijobiy chiqqan, shundan so‘ng uni odamda sinab ko‘rishga qaror qilingan.

Sinov uchun 45 nafar ko‘ngilli tanlab olingan. Ularning har biriga 28 kun davomida bir xil dozada 2 tadan inyeksiya qilinadi. Bunda dozalar hajmiga ko‘ra (25, 100 va 150 mkg) farq qiladi. Vaksina sinovida ishtirok etishga qaror qilgan ko‘ngillilar 2021-yilning bahoriga qadar kuzatuvda bo‘ladi.

Avvalroq AQShda koronavirusni bezgakka qarshi dorilar bilan davolashga ruxsat berilgan edi. Shuningdek, AQShda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha klinik sinovlar boshlangani, vaksina Vashingtondagi Salomatlik milliy instituti tomonidan ishlab chiqilayotgani haqida xabar berilgandi.

Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgan. 6-aprel kuni Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilingan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 million 982 ming kishidan, vafot etganlar soni 126 ming kishidan oshdi. AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshdi, O‘zbekistonda esa 1214 kishiga yetdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:592 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь