• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 26 » AQShda bezgakka qarshi preparatga talab 46 baravar oshdi
23:22
AQShda bezgakka qarshi preparatga talab 46 baravar oshdi

AQSh prezidenti Donald Trampning koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlarning samarali ekanligi to‘g‘risidagi so‘zlaridan so‘ng bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xlorin preparatlariga talab 46 baravar oshdi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar bermoqda.

Gazetaning ta’kidlashicha, Trampning bunday preparatlarning samadorligi haqida 19-mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytgan bo‘lib, ertasi kuniyoq unga bo‘lgan talab 46 baravar oshgan.

Hozirgi vaqtda gidroksixloroxin va xloroxinning foydali ta’sirini isbotlashning imkoni bo‘lmagan. Ammo nashrning xabar berishicha, revmatologlar, kardiologlar, dermatologlar, psixiatrlar va ortopedlar bemorlar bezgakka qarshi preparat olishi uchun 32 mingga yaqin retsept yozib bergan. Aprel oyiga kelib uning shifokorlar tomonidan tavsiya qilinishi kamaygan, biroq undan foydalanish darajasi me’yordan 6 baravar ortiqligicha qolgan.

Donald Tramp bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlarining koronavirusni davolashda ta’sirini bir necha bor ijobiy baholagan. Mutaxassislar esa COVID-19’ni davolashda rasman tasdiqlanmagan ushbu preparatlar haqida bunday xulosaga kelishga hali erta ekanligini aytib, uning ko‘plab salbiy ta’sirlari borligidan ogohlantirgan.

Mutaxassislarning fikricha, yurak kasalligi bo‘lgan bemorlar, shuningdek, yurak urishiga ta’sir o‘tkazuvchi antidepressantlarni qabul qiladigan odamlarda ushbu preparatlarni qabul qilish o‘lim bilan yakunlanishi ehtimoli bor.

Chorshanba kuni medRxiv tibbiy portali AQSh tibbiyot markazida 368 nafar bemor ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e’lon qilgan bo‘lib, unda koronavirusga chalingan bemorlar orasida gidroksixloroxinni qabul qilganlarda uni qabul qilmaganlarga nisbatan o‘lim darajasi yuqori bo‘lgani aniqlangan.

Avvalroq AQShda o‘tgan bir sutka ichida qariyb 2 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etgani, yana 35 188 kishida virus aniqlangani xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:586 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь