• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 22 » AQShda bedarak yo‘qolgan uch yoshli bolakay topildi. Autizm bilan kasallangan bolaga itlar g‘amxo‘rlik qilgan
23:21
AQShda bedarak yo‘qolgan uch yoshli bolakay topildi. Autizm bilan kasallangan bolaga itlar g‘amxo‘rlik qilgan

17-iyun kuni tongda Florida shtatining Uolton shahrida Marshal Batler ismli uch yoshli bola yo‘qolib qolgan. Bolakay hozirda topilgan va ahvoli yaxshi bo‘lib, yo‘qolib qolgan vaqtida unga itlar g‘amxo‘rlik qilgan, deb yozadi WJHG kanali.

"Biz vahimada edik. Boshimizda eng yomon ssenariylar aylana boshladi”, — deydi bolakayning xolasi Kayla Styuart. Marshal autizm bilan kasallangani va gapira olmasligi vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Bolakay yo‘qolib qolganida, uning egnida faqatgina taglik bo‘lgan.

Mahalliy politsiya Marshalni bir necha soat davomida qidirgan va ijtimoiy tarmoqlarda e’lonlar joylashtirgan. "Gap yosh bolani qidirish haqida ketar ekan, har bir daqiqa hisobda”, — deydi politsiyachi Kori Dobridniya.

Natijada bolakayni oilaning qo‘shnisi uydan taxminan 1,6 kilometr uzoqlikda topib olgan. Marshal yaxshi ahvolda bo‘lgan, uning yonida oilaning Grechixa va Nala laqabli itlari bo‘lgan.

"Ikkala it ham uning yonida bo‘lgan. Baxtimizga, ular Marshalga hamrohlik qilgan. O‘ylashimcha, ular bolakayning xavfsizligini ta’minlagan”, — deydi qo‘shni.

Marshal onasining so‘zlariga ko‘ra, itlar "o‘z vazifasini bajargan”.

"Biz Marshalni topganimizda, uning kayfiyati yaxshi edi. O‘rmon bo‘ylab aylanib biroz kir bo‘libdi, biroq eng muhimi — unga hech qanday zarar yetmagan va baxtli. Itlar — vafodor jonzotlar. Fikrimcha, ular bola yolg‘iz ekanligini ko‘rib, unga yordam kerakligini tushungan. Instinktlar ish bergan. Ular bolakay bilan yurib, uni topishgunlaricha kuzatib kelgan”, — deyiladi xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:500 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь