• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 14 » AQSh va Britaniya olimlari koronavirus vaksinasini makakalarda sinab ko‘rdi
23:25
AQSh va Britaniya olimlari koronavirus vaksinasini makakalarda sinab ko‘rdi

AQSh va Buyuk Britaniya olimlari makakalarda COVID-19’ga qarshi eksperimental vaksinani muvaffaqiyatli sinab ko‘rdi va u maymunlarni koronavirusga chalinish oqibatida yuzaga keluvchi pnevmoniya rivojlanishidan himoya qilgani aniqlandi. "RIA Novosti”ning xabar berishicha, ushbu tadqiqot natijalari bioRxiv saytida e’lon qilingan.

"Biz ChAdOx1-nCoV-19 vaksinasining bitta dozasi SARS-CoV-2 yuqori dozasi kiritilganda o‘pka kasallanishining oldini olishda samarali ekanligini ko‘rsatdik. Tadqiqot, shuningdek, vaksina makaka-rezuslarni pnevmoniya rivojlanishidan himoya qilganligini ko‘rsatdi”, — deyiladi tadqiqotda.

Olimlarning ta’kidlashicha, vaksina dastlab sichqonlarda sinab ko‘rilgan, shundan so‘ng biologlar uni makaka-rezuslarda sinab ko‘rishga kirishdi.

Tadqiqot davomida ChAdOx1-nCoV-19 vaksinasi koronavirusning barcha belgilarining to‘liq to‘plamini boshdan kechirgan oltita primatga yuborilgan, shundan so‘ng olimlar hayvonlarda antitanalar ishlab chiqarilishini kutgan bo‘lib, bunga 14 kundan 28 kungacha vaqt ketgan. Shundan keyin esa tadqiqotchilar makakalarni haqiqiy virus bilan kasallantirishga uringan.

Hayvonlarga SARS-CoV-2 virusi kiritilganidan 7 kun o‘tgach, olimlar vaksina virusning maymunlar o‘pkasiga kirishdan to‘liq himoya qilgani, ular hech birida o‘pka patologiyasi yoki virusli pnevmoniya kuzatilmaganiga guvoh bo‘lgan. Bundan tashqari, birorta ham makaka o‘pkasida SARS-CoV-2 koronavirusi antigeni topilmagan.

Hujjatda aytilishicha, vaksinaning muvaffaqiyatli sinovi olimlarga klinik sinovlarning birinchi bosqichini 23-aprelda boshlashga imkon berdi, 13-mayga kelib ularda mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etgan.

Avvalroq Yaponiyada koronavirusni davolash uchun birinchi preparat tasdiqlangani xabar berilgan edi. Ushbu preparat "Remdesivir” bo‘lib, u o‘z davrida Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgandi.

Shuningdek, silga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilot rahbari olimlar COVID-19 vaksinasini ishlab chiqishga diqqatini jalb etib, boshqa kasalliklarni unutib qo‘yayotgani ta’kidlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:538 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь