• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 374
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2022 » Yanvar » 15 » AQSh talabidan keyin Rossiyada REvil xakerlar guruhi tugatildi
17:58
AQSh talabidan keyin Rossiyada REvil xakerlar guruhi tugatildi

Rossiyada REvil xakerlar jamiyati tugatildi, deb xabar bermoqda "RBK” Federal xavfsizlik xizmatiga tayanib. Ushbu xakerlar xorijiy kompaniyalarning axborot resurslariga hujum qilgan.

FXXda ta’kidlanishicha, AQSh vakolatli organlarining "jinoiy hamjamiyat rahbari haqida, uning zararli dasturlarni joriy etish, ma’lumotlarni shifrlash, so‘ng shifrni ochish uchun pul talab qilish orqali xorijiy yuqori texnologiyali kompaniyalarning axborot resurslariga qilingan tajovuzlarga aloqadorligi haqida xabar qiluvchi” murojaati ushbu guruhni qidirish uchun asos bo‘lgan.

Operatsiya Moskva shahri, Sankt-Peterburg, Moskva, Leningrad va Lipetsk viloyatlarida olib borilgan. 14 nafar xakerdan 426 million rubldan ortiq (5,5 mln dollar) pul, jumladan, kriptovalyuta, 600 ming dollar, 500 ming yevro, 20 ta premium-klass avtomobili musodara qilingan.

"FXX va Rossiya Ichki ishlar vazirligining birgalikdagi harakatlari natijasida uyushgan jinoiy hamjamiyat o‘z faoliyatini to‘xtatdi, jinoiy maqsadlarda foydalaniladigan axborot infratuzilmasi zararsizlantirildi. Operatsiya natijalari haqida AQShning vakolatli organlari vakillari xabardor qilindi”, — deyiladi FXX xabarida.

Hibsga olinganlar Jinoyat kodeksining 187-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni (to‘lov vositalarini noqonuniy aylantirish) sodir etganlikda ayblangan. Nafaqat xakerlar hibsga olindi, balki ular ishlatgan infratuzilma ham zararsizlantirildi, deydi FXX.

Kiberxavfsizlik Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasida 2021-yil iyun oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan sammit mavzularidan biri bo‘lgandi. Muzokaralardan so‘ng Bayden prezidentlar qaysi nishonlar kiberhujumga duchor etilmasligi masalasida kelishib olganini aytgan. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, u Putinga xakerlik hujumi uyushtirish taqiqlanadigan 16 ta infratuzilma sektori ro‘yxatini taklif qilgan.

Sammitdan so‘ng, o‘z navbatida, Putin Amerika manbalariga asoslanib dunyodagi kiberhujumlarning aksariyati AQShdan bo‘lishini aytgan.

2021-yilning iyul oyida Bayden Putin bilan telefon suhbati chog‘ida Rossiyani o‘z hududida xakerlar faoliyatini to‘xtatish uchun chora ko‘rishga chaqirdi. AQSh prezidenti Vashington "ushbu muammoga qarshi o‘z xalqi va muhim infratuzilmasini himoya qilish uchun” zarur choralarni ko‘rishiga va’da berdi.

2021-yilning aprel oyida REvil Apple’ning asosiy yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lgan Tayvanning Quanta Computer kompaniyasiga hujum qildi. Bloomberg xabariga ko‘ra, xakerlar to‘lov dasturini joylashtirib, unga 50 million dollar o‘tkazishni talab qilgan. REvil Quanta Computer’ni buzib kirgach, xakerlar kompaniyaning so‘nggi ishlanmalarini olish imkonini qo‘lga kiritgan va ularni tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, Apple’dan pul undirishga uringan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:336 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31