• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Avgust » 20 » AQSH Rossiyadan Alyaskani qanday qilib sotib olgan?
12:56
AQSH Rossiyadan Alyaskani qanday qilib sotib olgan?

Amerika qo‘shma shtatlari safiga 49-shtat bo‘lib kirgan Alyaskaning Rossiya tomonidan sotib yuborilishi tarixdagi eng yirik va shov-shuvlarga sabab bo‘lgan kelishuvlardan biridir. 1867 yildagi davlatlararo shartnomaga ko‘ra, AQSH 7 200 000 dollar evaziga umumiy maydoni 1 518 800 km² bo‘lgan Alyaska yarim orolini atrofdagi kichik orollar va qirg‘oqdan naridagi 10 milya masofagacha qo‘shib sotib oladi. Eng qizig‘i, bu kelishuv ko‘pchilik o‘ylaganidek Amerikaning o‘ta ayyorligi tufayli emas, Rossiya tarafining bu hududdan qanday qilib bo‘lsada qutulish, har qanday summaga bo‘lsada pullash ishtiyoqi kuchliligi sabab amalga oshirilgandi.

Alyaska 1732 yilda M. S. Gvozdeva va I. Fyodorovlar boshliq rus ekpeditsiyasi tomonidan ochilgan va Rossiya imperiyasi mulki deb e'lon qilingandi. Uzoq yillar bu o‘lkaning Imperiya uchun biror bir nafi tegmadi. Alyaskadan davlat emas, jismoniy shaxslar foydalanib yurishdi. 1799 yilda Alyaskada "Rus-Amerika kompaniyasi” deb nomlangan maxsus monopolistik tashkilot tuzildi va aynan shu tashkilot deyarli 70 yil, Alyaska sotilgunga qadar bu hududni boshqarib keldi.

Alyaskani biz oltin, neft va beqiyos chiroyli tabiatga ega boy o‘lka sifatida bilamiz. Lekin u davrlarda oltin va neft hali topilmagan, go‘zal tabiat esa hech kimni qiziqtirmasdi. Rus-Amerika kompaniyasi tashkil bo‘lib, ko‘p yillar ishladi hamki davlatga biror rubl foyda keltirmadi. Boz ustiga bu kompaniya davlat xazinasidan yiliga 200 000 rubl miqdorda dotatsiya (yordam puli) ham olardi. Cheksiz-chegarasiz bu hududda bor yo‘g‘i ikki ming nafarga yaqin ruslar, undan ham oz boshqa millat vakillari va 60 000 mingga yaqin yovvoyi deya ta'riflangan mahalliy hindular hamda eskimoslar bir-biri bilan adovatda yashardi. Alyaskada kolonizatorlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan tuzukroq daromad manbai yo‘q, mahalliy aholi hayvonlar mo‘ynasini pullab amal-taqal kun kechirardi. Aksiga olib bu hayvonlar soni ham ruslar yashaydigan joylarda yildan-yilga kamayib borar, ov qilish uchun yovvoyilar yashaydigan ichki hududlarga kirib borishga hech kimda yurak yo‘q edi.

O‘shanda Alyaskadan San-Fransiskoga muz sotish yo‘lga qo‘yildi.  Muzlatgichlar ixtiro qilinmagan bu davrda muz ham ozmi-ko‘pmi pul bo‘lardi.

Amerika Alyaskani sotib olganidan keyingi o‘ttiz yil davomida ham ahvol deyarli o‘zgarmadi. Bu orada hududni sotib olgan siyosatchilar "pulni shamolga sovurgan”lar sifatida deyarli xalq dushmaniga aylandi.   

Alyaskani sotib yuborish fikri Sharqiy Sibir gubernatori graf N. N. Muravyev-Amurskiydan chiqqandi. U 1853 yilda imperatorga yozgan xatida Rossiya uzoq bu o‘lkani saqlay olmasligini, imkon bo‘ldi deguncha Alyaskani pullab, bu mablag‘ni ichki muammolarni hal qilish hamda Sibir, Amur bo‘yi yerlarini o‘zlashtirishga, Osiyodagi ta'sirlarni kuchaytirishga sarflash lozimligini batafsil tushuntiradi. Bundan tashqari, urushlarga aralashib qolgan, iqtisodi ancha nochorlashgan Rossiya bordi-yu Alyaskaga birorta davlat hujum qilsa himoyalana olmasligi aniq edi.

 U davrlarda biror bir hududni bosib olish va o‘ljani o‘z mulki deb e'lon qilish butunlay qonuniy hisoblanardi. Ya'ni Alyaska sotilmasa borgan sari qudrati oshib borayotgan AQSH yoki Angliya ertami kech bu hududga ko‘z tikishi va egallab olishi aniq edi. Texasni Amerika Meksikadan tortib olgani va kamiga Kaliforniyani ham sotishga majbur qilganligi bunga yaqqol misoldir.

Bu vaziyat Imperator Aleksandr II ning kichik ukasi, buyuk knyaz Konstantin Nikolayevichni qattiq tashvishga soldi va Rossiyaning Vashingtondagi vakili baron Eduard Steklga Alyaskani sotish lozimligini uqdiradi. 1857 yilda Rossiya Tashqi Ishlar Vazirligi bu taklifni ko‘rib chiqdi va ma'qulladi. Lekin bu masala AQSHda boshlangan fuqarolar urushi tufayli keyinga qoldirildi. 1866 yilda Aleksandr II ning o‘zi ham ishtirok etgan maxsus kengashda Alyaskani kamida 5 mln dollarga sotish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor edi: asosiy va yagona xaridor bo‘lgan AQSHdan biror bir taklif tushmagan edi. Bu vaziyat imperiya uchun dunyo hamjamiyati oldida past ketishdan o‘zga narsa emasdi. Shuning uchun bu ish "imi-jimi ishlarga usta” baron Eduard Steklga yuklandi. 1867 yilda Vashingtonga kelgan Stekl AQSH davlat kotibi Uilyam Styuard bilan uchrashadi va AQSH Alyaskani sotib olishi uchun qulay imkoniyat borligini tagdor gaplar bilan pisanda qilib qo‘yadi hamda birinchi taklif AQSH tomonidan chiqishiga erishadi. Prezident Jonson bu fikrni ma'qullaydi va bu masala yuzasidan Uilyam Styuardni AQSH vakili etib tayinlaydi. 1867 yil 30 martda Alyaska sotilishi bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Alyaska 7 200 000 AQSH dollariga va shu pulga yarasha oltin berish sharti bilan sotiladi.

Bu kammi yo ko‘pmi?! Narx borasidagi tortishuvlar hali-hanuz davom etmoqda. Umumiy maydoni 1 518 800 km² bo‘lgan Alyaska yarim oroli har bir kvadrat kilometri uchun 4 dollaru 73 sentga, yoki bir gektari 5 sent atrofida pullandi. Tekin berib yuborilgan ekanda, dersiz.

Lekin o‘sha davrlarda bu juda katta pul edi. Qiyoslash uchun shuni aytib o‘tish mumkinki, deyarli 15 shtat hududini qamrab olgan, Alyaskadan ham kattaroq 2 100 000 km² bo‘lgan va yaxshi o‘zlashtirilgan tarixiy Luiziana fransuzlar tomonidan AQSHga 10 mln dollar evaziga sotilgan edi. Nyu-Yorkdagi o‘sha davrda yagona bo‘lgan 3 qavatli sud binosi AQSH hukumatiga butun Alyaskaga nisbatan qimmatroqqa tushgandi.

1867 yilning 18 oktyabrida Alyaska rasman AQSHga topshirilgach Rossiya bayrog‘i tushirilib, miltiq o‘qlari sadolari ostida AQSH bayrog‘i ko‘tarildi. Mahalliy aholiga tanlash imkoniyati berildi. Ular AQSH fuqaroligini qabul qilishlari yoki Rossiyaga qaytishlari mumkin edi. Shundoq ham Alyaskadan bezor bo‘lib yurgan ruslarning ko‘pchiligi kemalarga o‘tirib jo‘nab qolishdi. Shuning uchun 18 oktyabr har yili Alyaska kuni sifatida nishonlanadi.

Shartnomada kelishilgan mablag‘ oradan deyarli bir yil o‘tgandan so‘ng, 1868 yilning 1 avgustida Steklga topshiriladi. Bu mablag‘dan 21 000 dollari Steklga mukofot sifatida, 10 000 dollar kelishuv to‘g‘risida Peterburgga xabar berish uchun telegrammaga, 134 000 dollari AQSH hukmatini bu kelishuvga ko‘ndirgan amaldorlarga pora sifatida berildi. Qolgan mablag‘ Rossiya temir yo‘llari tizimini rivojlantirishga sarflangan.

Endi Alyaska sotilganidan keyingi faktlarga e'tibor bering:
Alyaska AQSH tasarrufiga aylanganidan so‘ng 30 yil o‘tib bu hududdagi Klondayk degan joyda oltin konlari topildi va "Oltin isitmasi” butun dunyodagi oltintoparlarni Alyaskaga chorladi;
XX asrda ochilgan neft va gaz konlarining o‘zidan 200 milliard dollarga yaqin daromad olindi;
1988 yil ma'lumotlariga ko‘ra, Alyaskadagi baliqchilikning o‘zidan 1 kunda Alyaska sotib olinganidan ko‘ra ko‘proq daromad topadi;
Alyaskaning sotib olinishi AQSH tarixidagi eng foydali bitim bo‘lib qoldi. Bu o‘lkadan topilgan pullardan tashqari, AQSH ushbu hududda harbiy salohiyatini oshirdi.
                            
Alyaska sotilishi bilan bog‘liq mish-mishlar va noto‘g‘ri fikrlar:
"Kelishuv puli to‘lanmagan va Amerika Rossiyani aldagan. Shuning uchun Rossiya Alyaskani qaytarib olishi mumkin”. Buning aslo iloji yo‘q. Chunki yuqoridagi fikrlar o‘z isbotini topgan taqdirda ham har ikki davlat qonunlarida ko‘rsatilgan da'vo muddati allaqachon o‘tib ketgan;
 "Alyaska sotilmagan. Balki 99 yilga ijaraga berilgan. AQSHning Alyaskani 20 asrga kelibgina o‘z safiga 49 shtat sifatida qo‘shib olganligi sababi shu”. Bu ham isbotini topmagan mish-mish. Alyaska sotilayotgan davrda imperatorning obro‘sini to‘kmaslik maqsadida o‘ylab topilgan va qog‘ozga tushirilgan uydirma;
"Alyaska evaziga olingan oltinlar Rossiyaga yetib kelmagan. Yo‘lda qaroqchilar talab ketgan, qolgan-qutganini ortgan kema okeanga cho‘kib ketgan”. Buyam bir mish-mish. Pullar banklargacha yetib borgan va imperator buyrug‘iga ko‘ra sarflangan;
"Alyaskani uzoqni ko‘ra bilmaydigan Yekaterina II sotib yuborgan”. Bunisi endi hech qanday qolipga sig‘maydi. Yekaterina II 1796 yilda, Alyaska sotilishidan 71 yil oldin o‘lib ketgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1839 | Добавил: Admin | Теги: AQSH Rossiyadan Alyaskani qanday qi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031