• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » AQSh Rossiya razvedkasi amerikalik harbiylarni o‘ldirgani uchun “Tolibon”ga pul o‘tkazgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi
12:56
AQSh Rossiya razvedkasi amerikalik harbiylarni o‘ldirgani uchun “Tolibon”ga pul o‘tkazgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi

AQSh hukumati Rossiya Razvedka bosh boshqarmasi hisobidan "Tolibon” harakatiga bog‘liq hisob raqamiga amalga oshirilgan bank o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda The New York Times o‘zining uch nafar manbasiga tayanib, ma’lum qildi.

Nashrning ta’kidlashicha, bu Rossiya harbiy razvedkasi "Tolibon”ga bog‘liq jangarilarga Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya harbiylari, jumladan, AQSh harbiylarini o‘ldirish uchun yashirin ravishda mukofot taklif qilganining isboti hisoblanadi.

Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar Razvedka bosh boshqarmasi va "Tolibon” o‘rtasida vositachilikda gumonlanib qo‘lga olingan biznesmenlarning ko‘rsatmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Gazetaning qayd etishicha, ushbu ma’lumotlar AQShdagi turli maxsus xizmatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga barham berishi kerak.

The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, bu kabi kelishmovchilik Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) va Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) o‘rtasida yuzaga kelgan. MXA Rossiya Afg‘onistondagi harbiylarning o‘ldirilishi uchun pul to‘laganiga ishonmayotgan edi.

Qayd etilishicha, tergov ishtirokchilari Afg‘onistonda amerikalik harbiylarning o‘limiga olib kelgan ikki holatga bor diqqatini qaratgan. Hozircha ulardan biri haqida ma’lumotlar mavjud: 2019-yilning aprelida Bag‘rom aviabazasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida uch nafar dengiz piyodasi halok bo‘lgan.

Avvalroq The New York Times gazetasi Rossiya harbiy razvedka bo‘linmasi "Tolibon” harakatiga bog‘liq jangarilarga Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya harbiylarini o‘ldirganlik uchun maxfiy ravishda mukofot taklif qilgani to‘g‘risida yozgandi. "Tolibon” harakati esa Rossiya buyurtmasiga ko‘ra, amerikalik harbiylarni o‘ldirgani to‘g‘risidagi maqolaga raddiya berib, o‘zlari biror-bir razvedka organi yoki xorij davlatining foydasiga bog‘lanmaganini bildirgan.

O‘z navbatida Oq uy AQSh razvedka xizmati prezident Donald Trampga Rossiyaning amerikalik harbiylarning o‘ldirilishi uchun "Tolibon”ga mukofot taklif qilgani to‘g‘risida hisobot bermaganini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng Washington Post gazetasi ham Afg‘onistondagi AQSh harbiylari Rossiya va "Tolibon”ning kelishuvi oqibatida halok bo‘lgani to‘g‘risida maqola chop etgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:430 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031