• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 2 » AQSh O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligiga munosabat bildirdi
11:51
AQSh O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligiga munosabat bildirdi

AQSh Markaziy Osiyo respublikalariga ta’sir o‘tkazish borasida Moskva bilan raqobatlashmoqchi emas. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Markaziy Osiyodagi besh mamlakatdan bo‘lgan hamkasblari bilan o‘tkazilgan muzokaralari natijalarini sarhisob qilib izoh berdi, deb xabar beradi "Kommersant”.

Onlayn konferensiyaning asosiy mavzulari AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqishga tayyorgarlik, mintaqadagi iqtisodiy hamkorlik va koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘lgan.

Uchrashuv natijalari haqida batafsil ma’lumotni 1-iyul kuni jurnalistlarga davlat kotibining Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Jonatan Xenik ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar uchun Markaziy Osiyo yanada xavfsizroq va farovon mintaqa bo‘lishi manfaatlidir, undagi davlatlar esa rivojlanish borasida turli xil variantlarni tanlashda erkin bo‘lishi lozim.

Uning ta’kidlashicha, faqatgina hozirgi inqiroz davrida AQSh mintaqada koronavirusga qarshi kurashish uchun turli xil choralarga 25 million dollar ajratgan.

Shu bilan birga, diplomatning bildirishicha, AQSh Markaziy Osiyo uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish maqsadida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan ishlashni davom ettirmoqda.

Xenik "Kommersant”ning Vashington O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo bo‘lib kirishiga qanday munosabatda ekani haqidagi savoliga javoban AQSh Markaziy Osiyo respublikalariga ta’sir o‘tkazish uchun Moskva bilan raqobatlashmasligini bildirdi.

"Men ushbu muzokaralar haqida izoh berolmayman, chunki Qo‘shma Shtatlar YeOII a’zosi emas. O‘zbekiston ishtirokida muhokamalar davom etmoqda. Shuni bilamanki, bu masala O‘zbekiston xalqini juda o‘ylantirmoqda. Biz O‘zbekiston fuqarolarining dunyo bozorlari va investitsiyalaridan foydalanishga intilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Umid qilamizki, O‘zbekiston aholisi barcha mavjud mahalliy blok va savdo aloqalarini hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zolik masalasini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqadi. Qaysi biri foydali ekanligidan kelib chiqib, tanlovni amalga oshiradi”, — deydi amerikalik diplomat.

Matbuot anjumanida "Tolibon” harakati bilan tuzilgan kelishuvga binoan AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi va Markaziy Osiyo uchun bunday qarorning oqibatlari haqida ham savol berilgan. Shuningdek, jurnalistlar Markaziy Osiyo respublikalari Amerika harbiy texnikasini olishi borasida ham qiziqqan.

Jonatan Xenik bu haqda gapirishga hali erta, deb javob qaytardi. "O‘tmishda harbiy texnikalar bizning Markaziy Osiyodagi sheriklarimizga taklif qilinganini bilaman, ammo kelajakda bu masalalar alohida muhokama qilinadi”, — deydi diplomat.

Uning ta’kidlashicha, AQSh Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlov uchun sheriklarga minnatdorchilik bildirgan hamda Afg‘onistondagi iqtisodiy hamkorlik muvaffaqiyat kaliti bo‘lishini ta’kidlagan.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi amalga oshirilgan choralarni ijobiy baholagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo shu yilning 2-fevralida O‘zbekistonga kelgandi. U dastlab Toshkent shahar bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashgan edi. Keyin esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokara o‘tkazgan. Ushbu muzokara chog‘ida AQSh Afg‘oniston bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun O‘zbekistonga 1 million dollar ajratishi ma’lum bo‘lgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:456 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031