• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 3 » AQSH O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 848 ming dollar ajratdi
10:08
AQSH O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 848 ming dollar ajratdi

AQSH hukumati O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 848 ming dollarlik ko‘mak ajratdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

AQSH hukumati O‘zbekistonga keng ko‘lamda tahlillar o‘tkazish uchun laboratoriya tizimlarini tayyorlash, tibbiyot muassasalarida infeksiyalar 
profilaktikasi va nazorati, COVID-19 ustidan epidemiologik nazoratni va COVID-19 bemorlari hisobini yuritishni yaxshilash, shuningdek, virus haqidagi dezinformatsiyalarga qarshi kurashish hamda insonlarni davlat va tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ishlashga jalb qilish uchun vositalar taqdim etadi. Buning uchun 848 ming AQSH dollari ajratildi.

"Bu pandemiya dunyodagi bironta mamlakat alohida orol emasligini ko‘rsatmoqda. Unga qarshi birgalikda, bir-birimizni qo‘llagan holda ish olib borishimiz shart. Bizning AQSHdagi oilalarimiz, O‘zbekistondagi kabi, koronavirus xavfidan xavotirda, shu bois biz O‘zbekistonning koronavirus tarqalishining oldini olish hamda kasallikni yuqtirib olganlarni davolashdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni istaymiz”, deya ta’kidladi elchi Deniyel Rozenblyum.

AQSH hukumati, shuningdek, Markaziy Osiyodan Qozog‘istonga 800 ming, Qirg‘izistonga 883 ming, Tojikistonga 866 ming, Turkmanistonga 920 ming AQSH dollari miqdorida ko‘mak beradi. Afg‘onistonga esa 5 mln dollar atrofida mablag‘ ajratiladi.

AQSH 64 ta davlatlarga yordam berish umumiy 274 mln mablag‘ni yo‘naltirgan. Amerika shuningdek, xalqaro tashkilotlarga ham mablag‘ ajratishni boshlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:529 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь