• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1371
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 33
Гостей: 33
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Aprel » 16 » AQSH O‘zbekistonga 400 ming dollarlik oziq-ovqat yetkazib berdi
14:42
AQSH O‘zbekistonga 400 ming dollarlik oziq-ovqat yetkazib berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali, O‘zbekistonga qiymati qariyb 400 000 AQSH dollari bo‘lgan 131 320 kg oziq-ovqatni yetkazib berdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qildi.

Ushbu yordam 144 dan ortiq sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari orqali 35 000 dan ziyod ehtiyojmand o‘zbekistonliklarga yetkaziladi. U koronavirus bilan bog‘liq karantin xizmatlari ko‘rsatayotgan, ko‘plab dorilarga chidamli sil bilan og‘rigan bemorlarga g‘amxo‘rlik qilayotgan muassasalar, shuningdek, mehribonlik uylari va ruhiy kasalliklar shifoxonlariga yetib boradi.

Vitamin va minerallar bilan boyitilib quritilgan sabzavotlar va dukkakli mahsulotlardan iborat mazkur yordam sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya ob’ektlari hamda uy xo‘jaliklarida qo‘llanadi. 2009 yildan buyon, USAID xalqaro oziq-ovqat dasturi doirasida O‘zbekistonga qiymati 3,2 million dollardan ortiq bo‘lgan qariyb 1163 tonna oziq-ovqat yetkazib berdi. Ushbu yangi insonparvarlik yordami AQSHning sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirgan 122 million dollarlik uzoq muddatli sarmoyasi hamda so‘nggi 20 yil ichida ko‘rsatgan bir milliarddan ortiq umumiy yordamiga asoslanib tashkillashtirilgan.

Mazkur ko‘mak "Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi  va Amerikaning "Resource and Policy Exchange, Inc. (RPX)” nodalat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tarqatiladi. "Sog‘lom avlod uchun” dasturi O‘zbekiston Respublikasida ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash, shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamlariga yordam ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boradi. "RPX”ning asosiy maqsadi oziq-ovqat va dori-darmonlar shaklidagi texnik va nomoddiy yordam ko‘rsatish orqali sog‘liqni saqlash standartlari va axborot olish imkoniyatlarini yaxshilashdan iborat.

Avvalroq, USAID koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga tibbiy vositalar taqdim etgani haqida xabar bergan edik.
Категория: Har-Hil | Просмотров:676 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930