• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 15 » AQSh koronavirus sabab Yaponiyada karantinda turgan sayohat kemasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qiladi
13:35
AQSh koronavirus sabab Yaponiyada karantinda turgan sayohat kemasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qiladi

Amerika hukumati Yaponiyadagi Yokogama portida koronavirus sabab karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish markazining rasmiy vakili Genri Uolkka tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kema ichida 380 ga yaqin AQSh fuqarosi bo‘lib, ular Yaponiyadan ikkita samolyotda olib ketiladi. Ular 16-fevral, yakshanba kuni, Amerikaga yetib kelishi kerak.

Amerikalik shifokorlar fuqarolarning ahvolini tekshiruvdan o‘tkazadi. Yo‘tali bor, tana harorati yuqori va infeksiyaning boshqa alomatlari kuzatilgan fuqarolar aviareysga chiqarilmaydi.

Taxminlarga ko‘ra, evakuatsiya qilingan AQSh fuqarolari Kaliforniya shtati yaqinida Trevis aviabazasiga joylashtiriladi. U yerda fuqarolar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilib, ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Diamond Princess sayohat kemasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 218 kishini tashkil etmoqda. Avvalroq kemada to‘rt nafar Qozog‘iston fuqarosi ham borligi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral kuni qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan. 11-fevral kuni sayohat kemasidagi keksalar va surunkali kasalliklarga ega bemorlarni sohilga evakuatsiya qilish boshlagan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:515 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829