• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » AQSh Eronni yadro quroliga ega bo‘lishdan to‘xtatish uchun kuch ishlatishi mumkinligi ma’lum qilindi
22:24
AQSh Eronni yadro quroliga ega bo‘lishdan to‘xtatish uchun kuch ishlatishi mumkinligi ma’lum qilindi

AQSh hech qachon Eronga yadro quroliga ega bo‘lishga imkon bermaydi va buning uchun kuch ishlatishga ham tayyor. Bu haqda AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xuk ma’lum qildi, deb yozmoqda "RBK”

"Prezident Tramp ularning yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon imkon bermaydi”, — dedi Xuk. Uning ma’lum qilishicha, buning uchun amerikaliklarning stolida har doim Eronga qarshi harbiy harakatlar ssenariysi turadi.

Xukning qo‘shimcha qilishicha, u Eronga qurol yetkazib berishga qo‘yilgan taqiq uzaytirilishga umid qilmoqda. Uning umid bildirishicha, Rossiya va Xitoy "barqaror Yaqin Sharqni xohlagani” uchun bu chorani qo‘llab-quvvatlaydi.

Iyun oyining boshida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Eron hukumati yadro quroli olish uchun zarur elementlarni olishga urinayotganini, biroq buning aksini tasdiqlayotganini ma’lum qilgan.

AQSh 1970-yillardan buyon Eronga qarshi sanksiyalar joriy qiladi. 2015-yilda tuzilgan yadro kelishuviga ko‘ra, Eron o‘z yadro dasturining bir qismini to‘xtatgan, Vashington esa sanksiyalarning bir qismini olib tashlagan. Keyinroq Tramp administratsiyasi Eron o‘z rejalaridan voz kechmagan deb hisobladi va bosqichma-bosqich sanksiyalarni qayta tiklashni boshladi. 2018-yilning noyabrida AQSh cheklovlarni to‘liq qayta tikladi. Shu yilda AQSh yadro kelishuvidan chiqdi.

Avvalroq Eron Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun Trampni qamoqqa olish haqida order bergani va Interpolga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Trampning buyrug‘iga ko‘ra, 2020-yilning 3-yanvar kuni general Qosim Sulaymoniy Bag‘dodda o‘ldirilgan. AQSh prezidenti Sulaymoniyni terrorchi deb atagan, Eron generalning o‘limi uchun o‘ch olishga va’da bergan. Bu voqea ortidan Eron 2015-yil iyulida imzolangan yadroviy kelishuvdan to‘liq chiqqanini e’lon qildi.

8-yanvarga o‘tar kechasi Eron AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari bergan. Raketa zarbalari berish chog‘ida Tehrondan havoga ko‘tarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasining Boeing 737 samolyoti xatolik sababli urib tushirilgan. Samolyot bortida bo‘lgan 176 kishi halok bo‘lgan.

Shundan so‘ng, AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Eronda esa Trampni o‘ldirish uchun 3 million dollar mukofot e’lon qilindi.

Keyinroq Eronda general Sulaymoniyning ortidan josuslik qilishda ayblangan fuqaro o‘limga hukm qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:485 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031