• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 40
Гостей: 40
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » AQSh bosh infeksionisti mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni kuniga 100 ming kishiga yetishi mumkinligidan ogohlantirdi
15:03
AQSh bosh infeksionisti mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni kuniga 100 ming kishiga yetishi mumkinligidan ogohlantirdi

AQSh koronavirusga chalinganlar soni kuniga 100 ming kishiga yetadigan vaziyatga duch kelishi mumkin. Bu haqda AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.

"Hozir bizda kunlik kasallanishlar soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lib turibdi. Agar hech qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmasa, bu ko‘rsatkich 100 ming kishigacha oshsa, hayron qolmayman. Shu sababli bundan xavotirdaman”, — degan u AQSh Senatining sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik va pensiya masalalari bo‘yicha qo‘mitasining pandemiya masalasi bo‘yicha eshittiruvida.

Fauchi odamlarning bir guruh bo‘lib yig‘ilishi, niqob taqmayotgani, shuningdek, hukumatning AQShdagi korxonalarni ochish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarga rioya qilmayotganidan tashvishlanayotganini bildirgan.

Pandemiya nazorat ostidami, degan savolga javob berar ekan u sodir bo‘layotgan vaziyatdan norozi ekanligini, chunki koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlarni ko‘rsatuvchi grafikaga nazar tashlansa, AQSh noto‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganini ko‘rish mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Entoni Fauchi may oyining o‘rtalarida AQShda koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Kongressda nutq so‘zlagan Fauchi mamlakatda karantin cheklovlarini olib tashlashga hali erta ekani va ushbu qarorning jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini qayd etgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:444 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031