• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 15 » AOKA rahbariyati koronavirus haqida yolg‘on axborot tarqatganlarga qonunchilikda qanday jazo tayinlanishini eslatdi
22:05
AOKA rahbariyati koronavirus haqida yolg‘on axborot tarqatganlarga qonunchilikda qanday jazo tayinlanishini eslatdi

AOKA direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov jurnalist va blogerlarga koronavirus haqida yolg‘on axborot tarqatganlik va aholida vahima uyg‘onishiga sabab bo‘lganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra jiddiy jazolar qo‘llanishini eslatib o‘tdi.
Bugun Vazirlar Mahkamasida bosh vazir A.Aripov boshchiligida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qanday choralar ko‘rilayotgani haqida komissiya yig‘ilishi va OAV uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Jurnalist va blogerlarga yetarlicha axborot berildi, savollariga batafsil javob keltirildi.

Shu asnoda, barcha OAV va blogerlarni axborot sohasida qonunchilikka jiddiy va to‘liq amal qilishlarini so‘raymiz, ya’ni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborot tarqatish "OAV to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi, "Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasi birinchi qismini, Jinoyat kodeksini buzish hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Masalan, Jinoyat kodeksi, 244(1)-modda 2-qismi:

"Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek, fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek, diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar:

a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;

b) xizmat mavqeidan foydalanib;

v) diniy tashkilotlardan, shuningdek, chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;

g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Dilshod Saidjonov, AOKA direktorining birinchi o‘rinbosari

Avval O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgani, 1-mart, chorshanba kuni, Uzbekistan Airways’ning Parij—Toshkent reysi bilan uchib kelgan ayol 15-martga o‘tar kechasi Respublika Virusologiya institutiga murojaat qilgani va tahlil natijalari uning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan.

Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi matbuot anjumanida ayolda koronavirus aniqlangach, uning 9 nafar oila a’zosi, shuningdek, reysning O‘zbekistonda qolgan yo‘lovchilari va ular bilan muloqotda bo‘lgan odamlar — jami 150 kishi izolyatsiyaga olingani aytilgan. 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinib, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatiladi.

Koronavirusning O‘zbekistondagi mart oyida bo‘ladigan to‘ylarga ta’sir ko‘rsatmasligi, hukumat O‘zbekistondagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qilgani, shuningdek, barcha sport (masalan, Superliga), madaniy (jumladan, konsert) va boshqa tadbirlar, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilingan. Bosh vazir ishtirokidagi matbuot anjumanida bolalar bog‘chalari, o‘rta maktablar va oliy ta’lim muassasalari (davlatnikimi, xususiymi, farqi yo‘q) karantinga yopilishi ham aytilgan. Koronavirus O‘zbekistondagi mart oyida bo‘ladigan to‘ylarga ta’sir ko‘rsatmasligi xabar qilingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:616 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031