• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1890
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 137
Гостей: 137
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Noyabr » 29 » Anor yeyish uchun 10 sabab
06:36
Anor yeyish uchun 10 sabab

Bejizga xalqda go‘zal, sog‘lom chehrali qizlarni «anor yuzli» deyishmaydi. Anor ming bir dardga davo ne'mat. Quyida anor mevalarini to‘g‘ri tanlash va bu ne'mat organizmga qanday yordam berishi haqida to‘xtalamiz.

 

1. Gemoglobinni ko‘taradi. Anorning eng asosiy xususiyatlaridan biri - kamqonlikda foyda berishidir. Kamqonlik kasalligida ozgina suv bilan aralashtirilgan anor sharbatini 0,5 stakandan kuniga 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi (2 oy davomida).

2. Gijjalarni tushiradi. Yaxshi pishgan anorning po‘stlog‘ida kuchli gijja haydovchi xususiyatga ega bir qancha alkaloidlar mavjud. Gijjadan qutulish uchun 40-50 g maydalangan anor po‘stlog‘ini 400 g sovuq suvda 6 soat tindirib qo‘ying. So‘ng suyuqlikning teng yarmi bug‘lanib ketgunicha past olovda qaynating. Damlamani sovutib, bir soat davomida kam-kamdan iching. Bir soatdan so‘ng surgi dori ichib, 4-5 soatdan so‘ng xuqna (klizma) qilishingiz mumkin.

3.  Ich ketishini qoldiradi. Anor mevalari va po‘stlog‘idan xalq tabobatida ich ketishi, kolit va enterokolitda foydalaniladi. Kattalarga quritilgan anor po‘stlog‘ini maydalab, kuniga ovqatdan so‘ng 3 marta bir chimdimdan kapalash yoki iliq suv bilan ichish tavsiya etilsa, bolalarga teng miqdordagi qaynatib sovutilgan suv bilan anor sharbatini ichirish foyda beradi. Anor po‘stlog‘idagi polifenollar  dizenteriya tayoqchalarini o‘ldirish xususiyatiga ega.

4. Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni tozalaydi. Anor po‘stlog‘i qaynatmasi  yoki anor sharbati bilan tomoq (angina, faringitda) va og‘iz bo‘shlig‘i (gingivit va stomatitda) chayish tavsiya etiladi. Unda mavjud dubil moddalar og‘riqni qoldirsa, organik kislotalar infeksiyani o‘ldiradi.

5. Insulin o‘rnini bosadi. Anor mevalari qandli diabet bilan og‘riganlar uchun foydali bo‘lgan shirinliklardan sanoqlisi. Buning uchun kuniga ovqatdan oldin 4 mahal 60 tomchidan anor sharbati iste'mol qilish kerak. Uchinchi kunga borib qondagi qand miqdori sezilarli darajada pasayadi.

6. Radiatsiyani qirqadi. Anor sharbati radioaktiv izotoplar va radiatsiya darajasi yuqori hududlarda ishlovchilar uchun juda foydali hisoblanadi.

7. Terini davolaydi. Agar sizning teringiz yog‘li, husnbuzarlar va yiringli toshmalarga moyil bo‘lsa, tovada qizdirib, so‘ng maydalangan anor po‘stlog‘ini sariyog‘ yoki zaytun yog‘i bilan aralashtirib, yuzingizga niqob qiling. Niqobni muzlatkichda saqlab, haftada 2 marta foydalanishingiz mumkin. Quritilgan anor po‘sti kukuni bilan kuyishlar, qavariq va tirnalishlarni davolash mumkin.

8. Qon bosimini tushiradi. Anor donalari arterial qon bosimini bir me'yorga tushiradi. Mevalar orasidagi pardani quritib, choyga qo‘yshib ichilsa, asabni tinchlantirib, sababsiz xavotirni yo‘qotadi, uyquni yaxshilaydi.

9. Gormonlar faolligini ta'minlaydi. Anor danaklarida organizmdagi gormonal balansni tiklovchi yog‘lar mavjud. Shuning uchun anor yeganda danaklarini tufla tashlamang. Ayniqsa, og‘riqli hayz, bosh og‘riqlari va klimaks davrida anor juda foydali.

10. Shamollashni davolaydi. Turli shamollash kasalliklarida (buyraklar, jigar, quloq va ko‘z, bo‘g‘imlar, ginekologik a'zolar) anor po‘stlog‘i qaynatmasi yaxshi yordam beradi. Uni quyidagicha tayyorlash kerak: 2 choy qoshiq yanchilgan anor po‘stlog‘i ustidan 1 stakan qaynoq suv quying va suv bug‘ida 30 daqiqa qaynating. Sovugach, siqib suvini oling va qaynoq suv qo‘shib avvalgi miqdoriga keltiring. Ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 2-3 mahal 50 g dan qabul qiling.

 

Diqqat! Anor po‘stlog‘i o‘zida biroz miqdorda zaxarli alkoloidlarni saqlaydi. Shu bois undan qaynatma tayyorlaganda hech qachon me'yordan oshirmang. Bu bosh aylanishi, qon bosimi oshishini keltirib chiqarishi mumkin. Anor sharbati tish emalini zararlashi mumkinligi bois ham uni suv bilan aralashtirgan holda ichiladi.

 

Mevalarni qanday tanlash kerak?

Risoladagidek anor mevasi sirtidan quruq va ichidan suvli bo‘lishi kerak. Bu pishgan anorning po‘stlog‘i biroz qurigan va ichidagi donlarni ozgina siqib turishi kerak degani. Agar po‘stloq yumshoq, nam bo‘lsa, uni pishmasdan avval uzishgan. Bundan tashqari, anor xarid qilayotganda uning «kindigi»ga, ya'ni guli o‘sgan joyiga e'tibor qiling - bu yer yashil bo‘lmasligi kerak. Anor ushlab ko‘rganda qattiq bo‘lishi kerak, agar yumshoq bo‘lsa, demak, u yoki yaxshi saqlanmagan, yo chirigan yoxud muzlatilgan. Bunday mevani olmagan ma'qul: undan hech qanday foyda yo‘q.

Категория: Har-Hil | Просмотров:1957 | Добавил: Admin | Теги: Анор ейиш учун 10 сабаб | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь