• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 14
Пользователи 1
Admin
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Iyun » 20 » Andijonda Prezident tashrifi oldidan ekilgan manzarali butalar tashrif yakunlangach olib qo‘yilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirildi
10:02
Andijonda Prezident tashrifi oldidan ekilgan manzarali butalar tashrif yakunlangach olib qo‘yilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirildi

Andijonda Prezident tashrifi oldidan ko‘chalar bo‘yida archalar ekilgani, tashrif yakunlangach ekilgan archalar va gullar qayta kavlab ketilgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat hokimligi mazkur voqea yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videolavhada aks ettirilgan holat shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda tasvirga tushirilgan. Obodonlashtirish ishlari olib borish jarayonida gullarga shikast yetmasligi uchun ular tasvirda aks etgan avtomashina yordamida soya-salqin joyga bir oz muddatga ko‘chirib turilgan.

"Yo‘lning 50 metr uzunlikdagi qismida olib borilgan bu tadbir davomida ekologlar tavsiyasiga ko‘ra, qayta o‘tqazilgan ko‘chatlarning yanada o‘sib rivojlanishi uchun zarur agrotexnik shart-sharoit yaratilgan. Ayni paytda bu manzarali butalar yana o‘z joyiga qayta o‘tqazilgan”, — deyiladi hokimlik munosabatida.

Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 17—18-iyun kunlari Andijonda bo‘lgan edi. Hokimlik xabarida archalar va gullar qachon salqinga olingani va yana o‘rniga qaytarilganiga aniqlik kiritilmagan. Mashinada olib ketilayotgan archa masalasiga ham izoh berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning noyabrida Prezident tashrifi arafasida Qashqadaryo viloyati ma’muriy markazi Qarshi shahrida yo‘l bo‘yidagi chimlar yashil rangga bo‘yab chiqilayotgani aks etgan foto va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Prezidentning o‘zi 2018-yildayoq uning hududlarga tashrifi arafasida hozirlanayotgan ko‘zbo‘yamachiliklar uni ranjitishini aytib o‘tgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:429 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь