• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 20 » Andijonda o‘quvchi qizni poyezd urib ketgandi. Unga “o‘sha kuniyoq shifoxonadan uyiga javob berilgani” haqidagi prokuratura xabari yolg‘on b
17:07
Andijonda o‘quvchi qizni poyezd urib ketgandi. Unga “o‘sha kuniyoq shifoxonadan uyiga javob berilgani” haqidagi prokuratura xabari yolg‘on b

Andijonning Izboskan tumanida 11-fevral kuni soat 9:57 atrofida "Kuyganyor” va "Poytug‘” stansiyalari oralig‘idagi temiryo‘lda 2003-yilda tug‘ilgan, 9-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Nurjahon Turg‘unovani poyezd urib ketgani haqida xabar berilgan edi. Farg‘ona transport prokuraturasi axborotiga ko‘ra, qiz dugonasi bilan temiryo‘l bo‘ylab suhbatlashib kelayotgan bo‘lgan hamda teplovozning ogohlantirish signaliga e’tibor bermagan; ta’kidlanishicha, teplovoz keskin tormoz berib to‘xtayotgan vaqtida o‘smir qiz ehtiyotsizligi sabab teplovozning chap narvoniga urilib ketgan.

"Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilganida unga bosh miya chayqalishi va bosh tepa qismida 2 santimetr yoriq bo‘lgan jarohat aniqlangan. O‘smir qizga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgach, o‘sha kunning o‘zidayoq uyiga javob berilgan”, — deyiladi Farg‘ona transport prokuraturasining 13-fevraldagi axborotida. Biroq prokuraturaning ushbu axborotini ishonarli deb bo‘lmaydi — "Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulovning xabar berishicha, o‘quvchi qiz shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan, 14-fevralda operatsiya qilingan va hali ham shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Voqea dars vaqtida yuz bergan

Nurjahon Turg‘unova birinchi soat darsidan so‘ng 8-sinfda o‘qiydigan dugonasi Hafiza Tillayeva bilan maktabdan chiqib ketgan. Qizlar maktabdan beruxsat, hech kimni ogohlantirmay, o‘zboshimchalik bilan chiqib ketishganini o‘zlari ham tasdiqlashmoqda. Nurjahonning sinf rahbari Nafisa Mirzamatovaning ta’kidlashicha, o‘quvchisi ikkinchi va uchinchi soat darslarida qatnashmaganidan so‘ng, uni izlashga tushgan.

"Birinchi soatda navbatchi yo‘qlamaga kirganda u darsda bo‘lgan. Ikkinchi soat darsida kech qolganlar va darsga kelmaganlar haqida so‘rash uchun kirganimda, Nurjahonning ko‘chaga chiqib ketganini aytishdi. Ikkinchi soat darsim borligi sabab darsga kirib ketdim. Uchinchi soatda sinfga o‘zim dars o‘tishim kerak edi — shunda ham uning yo‘qligi uchun havotirlanib, 15 daqiqacha qidirib, topolmaganimdan keyin 27 bolaga dars o‘tdim”, — deydi Mirzamatova.

To‘rtinchi soat boshlanishi arafasida sinf rahbari a’lochi va faol hisoblangan o‘quvchisini qidirishga jiddiy kirishib, ko‘chaga chiqib ketayotganida qo‘l telefoni jiringlab qolgan. "Zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga kelishimni so‘rashdi... Nurjahon bilan operatsiyadan keyin suhbatlashganimda, nima bo‘lganini aytib, uzr so‘radi. O‘quvchim farzandimdek, shu bois hali ham o‘zimga kelolmayapman”, — deya qo‘shimcha qildi o‘qituvchi.

Qizlar dars vaqtida maktabdan qanday qilib chiqib ketgan?

Qizlar o‘qiydigan Izboskan tumanidagi 9-maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shahzoda Soliyevaning so‘zlariga ko‘ra, Nurjahon va Hafiza maktabdan ko‘chaga bino ortidagi devordan oshib chiqib ketgan, "shu sababli ham navbatchilar ularni ko‘rmagan”.

"Maktabimizga ikki tomondagi darvozadan kiriladi. Qizlarning asosiy eshikdan chiqib ketganini hech kim ko‘rmagan. Menimcha, ikkinchi darvoza yoki bino ortidagi devordan oshib o‘tib, maktabdan chiqib ketishgan. Aks holda, navbatchilar ko‘rganida, ularni qaytarib, darsga kirgizib yuborardi”, — dedi u.

Nurjahon va Hafizaning so‘zlari esa maktab direktori o‘rinbosarining aytganlarini rad etmoqda — ular ko‘chaga asosiy darvozadan chiqib ketganini, o‘sha vaqtda eshik oldida navbatchi o‘qituvchilar bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.

"Tanaffus bo‘lishiga ikki-uch daqiqa borligi sabab, eshik oldida navbatchi yo‘q edi. Bundan unumli foydalanib, hech kimga bildirmay chiqib ketdik”, — dedi Nurjahon. "Tashqariga chiqish uchun bitta eshik bor. Odatda o‘g‘il bolalar devor oshib darsdan qochadi. Qizlar uchun bu imkonsiz — devor oshishga kuchimiz ham yetmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Hafiza.

"Dadamga sovg‘a olmoqchi edim”

Nurjahonning aytishicha, 13-fevral dadasining tug‘ilgan kuni bo‘lgan, shu munosabat bilan u dadasi va akasi tomonidan "tushlik va boshqa xarajatlar uchun berilgan pullardan yiqqan mablag‘i”ga sovg‘a olmoqchi bo‘lgan. "Oyijonimga maslahat solgandim, bozorga borishimga ruxsat bermadilar”, — deydi u. Buni onasi Inoyatxon Qodirova ham tasdiqladi. "Uydan maktabga chiqib ketayotib, bozorga borib dadasi uchun sovg‘a olaman degandi, ruxsat bermagandim. ‘Xo‘p’, deb chiqib ketgandi”, — dedi ona.

Onasiga "xo‘p” deganiga qaramay, Nurjahon birinchi dars tugamasidan, o‘zining aytishicha, "o‘zboshimchalik qilib”, qo‘shnisi Hafiza bilan birga bozorga otlangan, lekin bozordagi do‘konlardan izlagan narsasini topolmay, maktab tomon qaytishni boshlagan. "Relslarga yetay deganimda uzoqdan poyezd signal chalib kelayotganini ko‘rdim. Yo‘lning narigi tomoniga o‘tishga ulgurganimni eslayman, keyin nima bo‘lganini bilmayman. Ko‘zimni ochganimda atrofimda shifokorlar yurganini ko‘rdim. Poyezdga tegib ketganimni ularning suhbatidan bildim”, — deydi Nurjahon.

Hafizaning aytishicha, ular uzoqdan poyezd kelayotganini ko‘rib, tezroq o‘tib ketishga harakat qilishgan. "Men bir qadam oldinda edim, Nurjahon ham yarim-bir qadamcha o‘tishga ulgurgandi. Lekin o‘sha payt poyezd yetib kelib qoldi. Ortga qaraganimda u vagon narvoniga urilib, yo‘lda ag‘anab yotgandi. Unga yordam berishga harakat qildim, shu vaqt tumonat odam to‘plandi... Qolganini eslolmayman. O‘zimga kelganimda shifoxonada edim”, — deydi 8-sinfda o‘qiydigan Hafiza.

Ikkala qiz ham bir fikrni yakdil takrorladi: "Eng katta xatoimiz — ustozlarimizdan so‘ramay chiqib ketganimiz. Kattalarning gapiga kirmaganimiz uchun endi jabrini ko‘ryapmiz. Bundan afsusdamiz”.

"Bemor og‘ir holatda, qo‘l-oyoqlarida sezgi va harakat yo‘q edi”

Farg‘ona transport prokuraturasining axborotida jabrlanuvchi Nurjahon Turg‘unova shifoxonaga olib borilganida unga bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgani, boshining tepa qismida ikki santimetr yoriq bo‘lgan jarohat aniqlangani, qizga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgach, shu kunning o‘zida unga uyiga javob berilgani ta’kidlanadi. Biroq "Daryo” muxbirining o‘rganishlari prokuratura bayonotini mutlaqo rad etdi — qizning ahvoli yetarlicha og‘ir bo‘lgan, shu boisdan u 14-fevral kuni operatsiya ham qilingan.

Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali bosh shifokori Azizbek Mamadiyevning aytishicha, bemor Nurjahon Turg‘unova 11-fevral kuni poyezd urib ketishi oqibatida shikast olib, Izboskan tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. U shu yerning o‘zida SAS tizimi orqali neyroxirurg tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, reanimobilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining travmatologiya bo‘limiga olib kelingan.

Bemorning holati og‘ir bo‘lgani bois u zudlik bilan neyroreanimatsiyaga yotqizilgan, bosh miya va bo‘yin sohasi multispiral kompyuter tomografiyasi tekshiruvidan o‘tkazilgan. "Olib kelinganida umumiy ahvoli og‘ir, qo‘l va oyoqlarida sezgi va harakatlar yo‘q edi. Bemorga professor K.Xudoyberdiyev tomonidan tashxis qo‘yilib, zudlik bilan operatsiya belgilangan. Operatsiya 14-fevral kuni o‘tkazildi”, — deydi bolalar neyrotravmatologiya bo‘limi vrach-neyroxirurgi Soyibjon Jabborov.

Shifokorlarga asoslanib ma’lum qilishicha, "ayni paytda Nurjahonning holati RShTYoIMga olib kelingan vaqtdagiga nisbatan yaxshi, u shifokorlarning doimiy nazoratida”. Lekin Farg‘ona transport prokuraturasi axborotida ta’kidlanganidek, hali uyiga javob berilmagan va u RShTYoIMda qolmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:596 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829