• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 21 » Andijonda dorixonalardan isitma va tomoq og‘rig‘i uchun dori so‘rab borgan fuqarolar ro‘yxati tuziladi
20:31
Andijonda dorixonalardan isitma va tomoq og‘rig‘i uchun dori so‘rab borgan fuqarolar ro‘yxati tuziladi

Andijon viloyatidagi dorixonalarga isitma va nafas yo‘llari xastaligiga qarshi dori so‘rab murojaat qilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozib olinadi hamda ular tibbiyot muassasalari tomonidan nazoratga olinadi. Bu haqda 20-iyul, dushanba kuni viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, viloyatda bugungi kunda 1245 ta dorixona faoliyat yuritadi. Ularning barchasi 49 turdagi zarur dorilar bilan ta’minlangan.

"Ayni paytda viloyat bo‘yicha 1245 ta dorixona mavjud. Shularni hisobga olib, virus tarqalishi dinamikasining hisobini yuritish uchun bir qator choralar ko‘rildi. Biz hududimizda ishlab kelayotgan barcha dorixona egalariga ‘Agar dorixonangizga kimdir isitma va tomoq og‘rig‘iga dori so‘rab kelsa, u fuqaroning pasporti bo‘lsa ma’lumotlari, telefon raqamlarini yozib olib, ro‘yxat qilib bering. Shu yo‘l bilan fuqarolarni nazoratga olib, unda kasallik bor yoki yo‘qligini aniqlaymiz’, deb murojaat qildik. Isitma asosan kechki payt kuzatiladi. Bunday hollarda aholi o‘z hududida yashovchi vrach yoki hamshiraga murojaat qiladi. Shuningdek, ma’lumotlar mahalla raislari orqali ham jamlanadi”, — dedi Shuhrat Abdurahmonov.

Viloyat rahbarining ta’kidlashicha, viloyatdagi barcha dorixona rahbarlari mas’ul tashkilotlar tomonidan ogohlantirilgan.

"Viloyat prokuraturasi va uning qoshidagi departament orqali dorixona rahbarlarini ogohlantiryapmiz. Avvalo dorixona xodimlari dori-darmon narxini sun’iy oshirsa yoki shu kasallik bilan murojaat qilgan kishining ma’lumotini bermasa, bu holatda ‘viloyatimizda virus bilan zararlanishning ko‘payishiga hissa qo‘shgan yoki yashirgan’, degan xulosa bilan javobgarlikka tortiladi va uning faoliyat yuritishi uchun berilgan guvohnomasi bekor qilinadi”, — dedi viloyat hokimi.

Hokimning ma’lum qilishicha, viloyatda dori-darmon narxi o‘rganilgan va Andijon shahridagi "Mansurbek”, "Asl farm”, "Farrux farm” kabi sakkizta MChJga qarashli dorixonalarda narxlar sun’iy ravishda oshirib yuborilgani aniqlangan.

"Biz ishchi guruh tuzib, dorixonalardagi holatni tekshirdik. Afsuski, bir necha sotuvchilarimiz eng kerakli dorilar narxini sun’iy ravishda oshirgani aniqlandi va dorixona guvohnomasi bekor qilinmoqda. Sababi, oxirgi paytda ko‘p fuqarolarimiz isitma qilib, tomog‘i og‘risa, oddiy kasallik degan taxmin bilan 3-4 kun davomida dorixonadan olgan isitma dorilarini ichyapti. Dori ta’sir qilmayapti. Mana shunday vaziyatlarda bemorni davolash qiyin kechmoqda. Shuningdek, e’tiborsizlik oqibatida boshqalar bilan qilingan muloqotlar natijasida kasallikning ortishi ham kuzatilmoqda”, — dedi Andijon viloyat hokimi.

Shuhrat Abdurahmonovning qo‘shimcha qilishicha, zarur vositalarga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanishi uchun viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan "Makrofarm” va "Grand farm” korxonalarida zarur miqdordagi dori vositalari zaxirasi yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 9 millard so‘mlik dori-darmon zaxirasi yaratilgani xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1006 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031