• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Andijon voqeasi effekti: vazir o‘rinbosari kaltaklash, tazyiq o‘tkazishning oldini olishga va’da berdi
13:11
Andijon voqeasi effekti: vazir o‘rinbosari kaltaklash, tazyiq o‘tkazishning oldini olishga va’da berdi

O‘zbekistonda har bir tuman ichki ishlar organlarida alohida xona tayyorlanib, u yerda har bir ichki ishlar xodimi bilan fuqarolar suhbatlari audio-video uskunalari orqali yozib boriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Hotamov "Yuksalish” umummilliy harakatida o‘tgan jamoatchilik muloqotida gapirgan.

Ma’lumki, joriy yilning may oyi oxirida Andijon shahg‘ar Ichki ishlar boshqaramasida tergov qilingan fuqaro oradan ikki hafta o‘tib, shifoxonada vafot etdi. 

Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQB tezkor vakili E.Rayimjonov, hamkasblari F.Husanboyev va Q.Qodirovlar bilan birga fuqaro A.Sotvoldiyevning "Rubin” nomli qimmatbaho toshini olib qaytarib bermayotgan A.Abdukarimov (marhum)ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab 2020 yil 17 aprel kuni yozgan arizasi yuzasidan o‘zboshimchalik bilan tekshiruv olib borgan. 30 may kuni A.Abdukarimov shifoxonaga yotqizilgan, 11 iyun kuni vafot etgan.

Holat bo‘yicha quyidagi choralar ko‘rilgan: 

•    E.Rayimjonov, F.Husanboyev va Q.Qodirovlarga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan;

•    Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB boshlig‘i podpolkovnik P.N.Mamajonov va 4-son IIB navbatchilik qismi navbatchisi kapitan A.A.Turaqulov ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan;

•    Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik S.Usmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan;
19 nafar xodim turli intizomiy jazo olgan.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, Langar qishlog‘ida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Yu.Abdirahmonov 22.01.2020 yil soat 19:00 larda Chiroqchi tumani IIO FMB ma’muriy binosiga olib kelingan va soat 23:30 larda binoning 3-qavatida joylashgan Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili kapitan B.Ochilovning xizmat xonasida vafot etgan.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Hotamov ushbu voqeaga to‘xtalar ekan, shunday deydi: 

"Andijon viloyatida bo‘lgan voqea, butun tizim rahbariyatini, barcha shaxsiy tarkibni nihoyatda tashvishga soldi. Noma’qul, tizimga tasodifan kirib qolgan xodimlarni  ishdan bo‘shatish choralarini doimiy ravishda ko‘rib boramiz. Shuni ham ta’kidlashni istardim: ichki ishlar xodimlari kundalik faoliyatida tez-tez stress, zo‘riqish holatiga tushib qoladi. Chunki ular jinoyatchilik holatlari bilan bevosita to‘qnashadi. Shuning uchun psixologik ta’minot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak. Tizimda sog‘lom fikrlaydigan, halol, pok, vijdonli, vatanparvar xodimlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.

Biz endilikda har bir tuman ichki ishlar organlarida alohida xona tayyorlaymiz, u yerda har bir ichki ishlar xodimi bilan fuqarolar suhbatlari audio-video uskunalari orqali yozib boriladi. Umuman, kaltaklash, tazyiq o‘tkazish holatlarining oldini olishning barcha choralarini ko‘ramiz”.
Категория: Har-Hil | Просмотров:449 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь