• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 3 » Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Xitoydan kelgan talabalar sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
19:04
Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Xitoydan kelgan talabalar sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Xitoy virusi munosabati bilan xavfsizlik choralari ko‘rilganmikan?” degan xavotirli fikrlar, "Andijonga Xitoydan kasallik olib kelganlar yo‘qmikan?” mazmunida paydo bo‘lgan ko‘plab savollarga Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyatida 30-yanvar, payshanba kuni, Jalaquduq tumanida 1 nafar, Asaka tumanida 2 nafar, Andijon tumanida 1 nafar, Buloqboshi tumanida 1 nafar, jami 5 nafar shaxs Xitoydan tashrif buyurgan. Ularning barchasi Toshkent aeroportidanoq nazoratga olingan, Andijonda o‘rnatilgan tartibda tadbirlar o‘tkazilgan.

Ularda Xitoy virusi borligiga gumonlik doirasida tekshirilganda, boshqa kasalliklar ham aniqlanmagan, ular sog‘-salomat. Shuningdek, chet ellardan kelganlarni 100 foiz to‘liq tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishiga alohida e’tibor kuchaytirilgan.
Xususan, Andijon tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan A.Yu. ismli yigit o‘qiyotgan Hangzhou Dianzi University hamda virus tarqagan Wuhan, Hubei orasidagi masofa 6 kunlik (154 soat) yo‘l. Xitoy virusi tarqalgan joylarning onlayn ko‘rsatuvchi kartasida Xanchjou provinsiyasi qayd etilmagan.

U 28-yanvar kuni uyiga kelgan. Andijon tumani tibbiyot xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, 14 kun uyda karantin holatda maxsus niqobda, rejimda yurishi tushuntirilgan. Unga shifokor va hamshira biriktirilgan, kuniga 3 mahal tekshirishdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, immunitetni ko‘taruvchi vitaminlar va boshqa dori-darmonlar tavsiya etilgan, ko‘rsatmalar berilgan, tushuntirish olib borilganligi haqida yozma ma’lumot olingan.
Ta’kidlanishicha, fuqaroni alohida saqlash uchun tibbiy ko‘rsatma yo‘q, shuningdek, huquqiy asos ham mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, bugungi kunga qadar O‘zbekiston fuqarolari orasida infeksiya qayd etilmaganini ma’lum qilgan edi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoydagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Pekindan Toshkentga charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari Pekin aeroportining 2-terminalidan amalga oshirilishini ma’lum qilib, O‘zbekiston fuqarolaridan 3-fevral, dushanba kuni, Pekin shahridagi elchixonaga kelishlarini so‘ragan.

Shuningdek, vazirlik aviaqatnovlar bekor qilingani tufayli Pekin aeroportida qolib ketgan 3 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilib, talabalar bilan aloqa o‘rnatib, muammoni hal qilish bo‘yicha diplomatlar tegishli choralarni ko‘rayotganini e’lon qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:530 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829