• Oila Uchun Turk Serial - 81 Qism
  • Oila Uchun Turk Serial - 80 Qism
  • Kelajakdan Kelgan Do'stim - O'zbek Tilida
  • Bankokdagi Bir Tun - O'zbek Tilida
  • Tezlik 2 - O'zbek Tilida
  • Uyga Yo'l - O'zbek Tilida Mutfilm
  • Ingilish Vingilishi - O'zbek Tilida
  • To'qqizinchi Kolibr - O'zbek Tilida
  • Rojdestvo Ismli Bolakay - O'zbek Tilida
  • Qoyilmaqom Reja - O'zbek Tilida
  • Suryavanshi - O'zbek Tilida
  • Maryam Turk Serial - 54 Qism
  • Maxluqlar Ligasi - O'zbek Tilida
  • Sevastopol Mudofaasi - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 79 Qism
  • Maryam Turk Serial - 53 Qism
  • Abjir Xart - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 78 Qism
  • Maryam Turk Serial - 52 Qism
  • Eddi Burgut - O'zbek Tilida
Клип премьера
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 196
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 58
Гостей: 57
Пользователи 1
moderator
Zarin2141
Zikrillo
Orif96
1996guli
14021982
Sadoqat
bek8988
Abbos2000
Farhod88
yuldashev
Главная » 2021 » Dekabr » 4 » Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi kapital ta’mirlash ishlari boshlangani sababli vaqtincha yopiladi
22:22
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi kapital ta’mirlash ishlari boshlangani sababli vaqtincha yopiladi

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi kapital ta’mirlash ishlari boshlangani sababli 3-dekabr kunidan boshlab vaqtincha yopiladi. 

Eslatib o‘tamiz, 29-sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga borib, bu yerdagi ahvolni ko‘zdan kechirgan va klinikani to‘liq rekonstruksiya qilib, uning negizida vodiy aholisi uchun kardiologiya, neyroxirurgiya, ko‘z kasalliklari va urologiya bo‘yicha murakkab operatsiyalar o‘tkazadigan tibbiyot markazi tashkil etishga ko‘rsatma bergan edi.

Qayd etilishicha, bu shifoxona 1975-yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, 650 o‘rinli 11 ta davolovchi va 7 ta yordamchi binolardan iborat. Klinikada 20 ta davolovchi va 15 ta yordamchi bo‘limlarda 1000 dan ortiq oliy, o‘rta, kichik tibbiyot xodimlari bemorlarga ixtisoslashtirilgan zamonaviy yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Klinikaga yiliga o‘rtacha 90 mingdan ortiq murojaat bo‘lib, 30 mingdan ziyod bemor statsionar tarzda davolanadi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari amaliy mashg‘ulotlarini aynan shu yerda o‘tkazadi.

3-dekabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan kapital ta’mirlash ishlariga start berilgan. Hokim qurilish oldidan tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida klinika binosi eng so‘nggi, zamonaviy loyihalar asosida turkiyalik quruvchilar tomonidan kapital ta’mirdan chiqarilishini bildirgan.

"Turkiyadan kelgan quruvchilar qilib beradi. Loyiha bo‘yicha 1 so‘miga xiyonat qilmasdan, aytilgan narsani joy-joyiga qo‘yib, sifatli qilib, har qanday odam ko‘rsa, ‘otasiga rahmat deydigan’ bo‘lishi kerak”, — deydi Andijon viloyati hokimi.

U shu kabi ta’mirlashga ketadigan kerakli pul va tayyorgarlik bilan kelganini ma’lum qilgan. "Birortang biror so‘m pul yig‘adigan bo‘lsang, shu kuni lavozimingdan ham olaman, sharmandangni ham chiqarib tashlayman”, — deya qo‘shimcha qilgan Abdurahmonov.

Klinika bosh shifokori o‘rinbosari Xurshidbek Mamadiyevning aytishicha, 6-dekabrdan bemorlar viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, onkologiya va endikrinologiya dispanserlari, ko‘z kasalliklari, kardiologiya va narkologiya shifoxonalari, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali, Andijon shahar hamda Oltinko‘l tuman tibbiyot birlashmalari markaziy shifoxonalarida qabul qilinadi.

Ta’kidlanishicha, kapital ta’mirlash ishlari 2022-yilning dekabr oyida yakunlanadi. Qurilish ishlari uchun jami 150 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:34 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Новости
 Omikrondan keyin koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘lishi mumkin
 Uzbekistan Airways Janubiy Koreyaga kirishda yangi qoidalar o‘rnatilganini ma’lum qildi
 Yevropa Ittifoqida kiberhujumlarga qarshi kurash bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi — Bloomberg
 Ramzan Qodirov 3 kunlik muhlat ichida ingush xalqidan unga qarshi birorta ayblov qo‘yilmaganini ma’lum qildi
 Shokirjon Imamov Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
 “Ukrainaliklar havo aynisa ham Rossiyani ayblaydi”. Peskov Ukraina hukumati saytlariga qilingan kiberhujumga Rossiyaning aloqadorligini rad
 Shahzoda Garri sud orqali Britaniyada o‘zi uchun politsiya himoyasini tiklamoqchi
 “Shifoxonamizga oddiy O‘RVI bilan kelib, omikron yuqtirib ketasiz”. Zangiota-2 shifoxonasi direktori aholiga murojaat qildi
 Novak Jokovich koronavirusga qarshi emlanmagani uchun Avstraliyadan deport qilindi. Tennischi yana Australian Open’ni o‘tkazib yuboradi
 Uychi tumanining sobiq hokimi Tursunpo‘lat Mirzamahmudov 72 yoshida vafot etdi
 Shavkat Mirziyoyev mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilash vazifasini qo‘ydi
 Qozog‘istonda aholiga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan fond tashkil etildi
 Umraga pandemiyadan oldin to‘lov qilganlar qo‘shimcha pul to‘laydi
 Anvar Boynazarov MMA’dagi 3-jangida amerikalik raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratdi
 AQSh talabidan keyin Rossiyada REvil xakerlar guruhi tugatildi
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031