• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 17 » Amerikalik harbiylar noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq hisobotlarni e’lon qildi
17:24
Amerikalik harbiylar noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq hisobotlarni e’lon qildi

AQSh Harbiy-havo kuchlari noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq bir nechta hisobotni e’lon qildi. Hisobotlarda uchuvchilar noma’lum uchar jismlar (NUJ) bilan bo‘lgan uchrashuvlar haqida hikoya qilgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Hisobotlar The New York Times tomonidan jo‘natilgan so‘rovga javoban taqdim etilgan. Hisobotlarda 2013-yil 27-iyundan 2019-yil 13-fevralgacha bo‘lgan oraliqda sodir bo‘lgan sakkizta uchrashuv haqida gap boradi. Uchrashuvlarning bir nechtasida noma’lum uchar jismlar uchuvchilarga juda yaqin masofada qayd etilgan.

NUJlar bilan sodir bo‘lgan hodisalar haqida avval ham xabarlar berilgan. Biroq mazkur hisobotlarda aynan uchuvchilar bilan yuz bergan "xavfli vaziyatlar” haqida so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, 2014-yilning 26-mart kuni Atlantika okeani ustida, Virjiniya-Bich shahri yaqinida kumushrang, o‘lchami chamadondek keladigan obyekt aniqlangan. Radarning ko‘rsatishicha, bu jism samoyotlarning biridan 305 metr uzoqlikda uchib o‘tgan.

Bir nechta hodisada "Teodor Ruzvelt” aviatashuvchisining harbiy eskadriliyalari ishtirok etgan. F/A-18 Super Hornet qiruvchisining sobiq uchuvchisi leytenant Rayan Greyvsning so‘zlariga ko‘ra, u 2019-yilda Virjiniya-Bich shahri yaqinida ichida kub bo‘lgan sferani eslatuvchi obyektni ko‘rgan.

Yana bir hodisa 2013-yil 27-iyunda sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, noma’lum uchar jism oq rangda hamda o‘lchami va shakli bo‘yicha dronga yoki raketaga yaqin bo‘lgan. Biroq o‘sha kuni bu hududda hech qanday dron yoki raketa uchirilmagan.

Aprel oyining oxirida Pentagon o‘z rasmiy saytida noma’lum uchar jismlar parvozi aks etgan videolarni e’lon qildi. AQSh Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, uchta videorolikning bittasi 2004-yilda tasvirga tushirilgan, qolgan ikkita video esa 2015-yil yanvarida olingan. Keyinroq rossiyalik uchuvchi Pentagon e’lon qilgan mazkur videolarni tahlil qilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:603 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь