• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Iyun » 27 » Amerika razvedkasi 17 yil ichida aniqlangan 144 ta noma’lum uchar jism haqida hisobot berdi
10:03
Amerika razvedkasi 17 yil ichida aniqlangan 144 ta noma’lum uchar jism haqida hisobot berdi

AQSh Milliy razvedkasi direktori idorasi 2004-yildan 2021-yilgacha qayd etilgan noma’lum uchar jismlar (NUJlar) haqida hisobot e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

Unda aytilishicha, 17 yil ichida NUJlar haqida 144 ta xabar kelib tushgan, shularning 80 tasi bir nechta kuzatuv manbalari, xususan, asboblar yordamida kuzatish manbalaridan yuborilgan.

NUJlarning Yerdan tashqarida kelib chiqqani bo‘yicha hech qanday dalillar olinmagan, deyiladi ma’ruzada. Hujjatda aytilishicha, bir nechta ehtimoliy izohlar mavjud. Ba’zi hollarda tabiiy atmosfera hodisalari, boshqalarida esa qushlar, meteozonlar, havo sharlari yoki havaskorlarning dronlari noma’lum uchar jismlar sifatida qabul qilingan bo‘lishi mumkin.

NUJlar Amerika kompaniyalari tomonidan maxfiy dasturlar doirasida olib borilayotgan qandaydir texnika namunalarining sinovlari bilan ham izohlanishi mumkin. Bundan tashqari, shunday obyektlar Rossiya, Xitoy yoki boshqa mamlakat, shuningdek, nodavlat tashkilotlari tomonidan yaratilgan texnika bo‘lishi ham mumkin.

NUJlarning kelib chiqishi bo‘yicha yagona izoh, ma’ruzada ta’kidlanishicha, yo‘q. Ammo, deyiladi hujjatda, bunday obyektlar havo makonida to‘siqlar yaratish orqali aviaqatnovlarga tahdid solish bilan birga, milliy xavfsizlik uchun ham xatardir, chunki bunda gap boshqa davlatlar tomonidan amerikalik harbiylar ustidan josuslik yoki yangi texnologiyalar namoyishi haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.

Pentagon 2020-yil avgustida NUJlar paydo bo‘lishi holatlarini o‘rganish uchun ishchi guruhi tuzilganini e’lon qilgandi. Shuningdek, avvalroq AQSh mudofaa idorasi NUJlar aks etgan videoni e’lon qilgan, ularning kelib chiqishini aniqlashga muvaffaq bo‘linmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Pentagonning maxfiy arxivlarida harakatlanish prinsipi tushunarsiz bo‘lgan uchar likopchalarning fotosuratlari saqlanishi haqida gapirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:447 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь