• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » May » 8 » Amerika dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratmoqda
16:44
Amerika dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratmoqda

AMD va Cray  kompaniyalari hamkorlikda keyingi 3 yilda (ushbu superkompyuterni yaratish 2021-2022 yilga mo‘ljallangan) nafaqat AQSH, balki jahonda anologi bo‘lmagan eng kuchli kompyuterni yaratishmoqchi.  U "Frontier” nomini olishi kutilyapti. 

Loyihani amalga oshirishda AQSH Energetika vazirligi va Ok-Rij milliy laboratoriyasi ishtirok etadi. Kompyuter nafaqat super quvvatga, balki eng so‘nggi sun'iy intellektga ham ega bo‘ladi. 

Ma'lum bo‘lishicha, yangi superkompyuterning kuchlilik darajasi 1,5 eksaflopsdan (eksaflops – million trillion yoki kvintillion) oshadi.  Boshqacha aytganda, mashina 1 sekundda 1,5 kvintillion (1 500 000 000 000 000 000) operatsiyalarni amalga oshira oladi.

"Frontier”  Tennesi universiteti qoshidagi Ok-Rij milliy laboratoriyasiga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

«Rekord darajadagi kuchli Frontier kompyuteri bizga dunyo ilm-fanida yetakchilikni qo‘lga kiritishimizga hamda nafaqat amerikaliklarning, balki butun dunyo ahlining hayoti va iqtisodiy taraqqiyotiga sabab bo‘ladi», — deydi AQSH Energetika vaziri Rik Perri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun AQSH bu kabi superkompyuterlarni yaratishga katta e'tibor qaratadi. Negaki Xitoy ham bu  kabi mashinalarni yaratishda faol harakat qilmoqda. Bugungi kunda AQSH sun'iy intellekt sohasida dunyoda yetakchilikni qo‘ldan bermay kelyapti, biroq Xitoy ham bu borada jadal rivojlanmoqda. 

"Rasmiy Pekinning SI (sun'iy intellekt) sohasidagi xitoylik ishlab chiqaruvchilarga investitsiya kiritishi va qo‘llab-quvvatlashidan maqsad yagona: sun'iy intellekt borasida jahon yetakchiligini AQSHdan olib qo‘yish” –  degan Rik Perri. 

Frontier superkompyuterining markaziy protsessorlari sifatida maxsus AMD EPYC chiplaridan foydalaniladi. Yangi tizim professional grafikali Radeon Instinct qurilmasi bilan jihozlanadi. 

The Verge portalining xabariga ko‘ra, tizim internet ulanish tezligiga nisbatan 24 million baravar yuqori bo‘lgan tarmoq kengligi hisobiga ma'lumotlarni tezkorlik bilan qayta ishlash imkoniga ega bo‘ladi.

Bu nima degani? Misol uchun,  ushbu kompyuter 1 sekundda HD formatidagi 100 mingta filmni qayta ishlay olishga qodir bo‘ladi.

Superkompyuterni joylashtirish uchun  680 kvadrat metr hudud kerak bo‘ladi. Bu ikkita basketbol maydoniga tengdir. Tizimni optimal darajada ulash uchun turli xildagi 150 kilometr sim ishlatiladi. 

Ayni paytda dunyodagi eng kuchli superkompyuter IBM Summit hisoblanadi. O‘tgan yili foydalanishga topshirilgan kompyuter ham Ok-Rij milliy laboratoriyasiga joylashtirilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1372 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031