• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 23 » “Alisher Usmonov O‘zbekistonga yana 5 mln dollar ajratdi”
16:46
“Alisher Usmonov O‘zbekistonga yana 5 mln dollar ajratdi”

Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov pandemiya davrida O‘zbekistonga 25 million dollar xayriya qildi. Avvalroq, u 20 million dollar ajratgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 23 aprel kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy tarqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida xayriyalar haqida ma’lumot berayotganda Alisher Usmonov yana 5 mln dollar ajratganini aytib o‘tdi.

"Bizga 600 milliard so‘mlik xayriya mablag‘lari kelib tushdi. Odamlar davlatga yelkadosh bo‘lib turibdi. Chunki barcha ko‘ryaptiki, ko‘pka kelgan muammo. Xususan, vatandoshimiz, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov 20 million dollar ajratdi, bugun esa uning nomidan yana 5 million dollar kelib tushadi. Bu mablag‘lar birinchi navbatda Zangiota tumanida qurilayotgan shifoxonani jihozlash uchun sarflanadi. Bundan tashqari, UzTex 
1 million dollar ajratgan, Navoiy viloyatidagi "Baxt tekstil" korxonasi 500 ming dollar, Turkiyadagi "Tashkent Trade Centre” 200 ming dollar xayriya qilgan”, deydi Jamshid Qo‘chqorov.

Qo‘chqorovning aytishicha, O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik jamg‘armasiga o‘tkazilgan pullar 71 milliard so‘mdan oshdi. Bular 50 minggi dollar va 11 minggi yevroda. Vazir bu mablag‘lar uchun homiylaga minnatdorlik bildirib o‘tdi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirgandi hamda milliarder koronavirus vaksinasi topilsa, uni O‘zbekistonga olib kelishga va’da berganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1716 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 454 nafari davolangan, 7 nafari vafot etgan.  
Категория: Har-Hil | Просмотров:609 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь