• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Oktyabr » 21 » Aktyor Alixan va uning oilasi
15:30
Aktyor Alixan va uning oilasi

Ko‘rinishidan qattiqqo‘l va jahldor, salbiy qahramonlar obrazini qoyilmaqom qilib ijro etadigan, aslida esa oilada mehribon ota va umr yo‘ldosh aktyor Alixan hayotiga nazar.

                             KINOGA KIRIB KELISHIM

Aktyorlik sohasiga Amerikada o‘qib yurgan paytlarim qadam qo‘yganman. Ilk rolim «Sumerki» filmida epizodik rol edi. Shu film mening eng katta yutug‘im bo‘lgan. Chunki amerikalik aktyorlar 4-5 yil rol ijro etib ham «Kinoaktyorlar Gildiyasi»ga a'zo bo‘la olmayotgan bir paytda, men 1 oy ichida a'zo bo‘lganman.

      ROLLARIM

Tashqi ko‘rinishim salbiy rolga mos bo‘lgani uchun va salbiy obrazlarni yaratish menda qiyinchilik tug‘dirmagani sababli ko‘proq salbiy rollarni o‘ynayman. «Oyqiz ertagi» filmida ijobiy rolda namoyon bo‘lganman va yaqinda ekran yuzlarini ko‘rish arafasida turgan «Timur» filmida ham salbiydan ijobiyga o‘zgaradigan qahramon obrazini yaratganman. Yana o‘zimni bachkana bo‘lmagan komediya janrida ham sinab ko‘rish istagim bor.

OXIRGI ROLLARIM

Rol ijro etgan oxirgi filmlarim - «Daydi», «Timur», «Qotillar o‘yini». «Timur» filmi haqida gapiradigan bo‘lsam, u Vatanga bo‘lgan sevgi, oilaga bo‘lgan muhabbat to‘g‘risida. Film rejissyori Nodir Mo‘minov. Badiiy rahbar Ayub Shahobiddinov. Premyera yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.

GONORARIM

Amerikada «Kinoaktyorlar Gildiyasi»ga a'zo bo‘lishimdan avval soatiga 8 AQSH dollari miqdorida gonorar olar edim. Gildiyaga a'zo bo‘lgach, bir kunlik gonorarim 750 AQSH dollariga ko‘tarilgan. O‘zbekistonda esa bir kunlik suratga olish ishlari uchun 200 AQSH dollari atrofida gonorar olaman.

TAXALLUSIM

To‘liq ismim Nurmuhammad. U juda ham uzun bo‘lgani uchun amerikaliklarga o‘zimni tanishtirish qiyinchilik tug‘dirardi. Ular eslab qolishlari juda mushkul bo‘lgan. Alixan esa qisqa va esda qoladigan. Tana tuzilishim ham sportchilarnikiga o‘xshagani uchun Alixan deyishim bilan ularning ko‘z oldiga boksyor Muxammad Ali kelardi va ularga eslab qolish ancha osonlashardi.
 
SPORT

Hayotimni sportsiz tasavvur qila olmayman. Deyarli har kuni sport zaliga boraman. Aktyor bo‘lish orzusi tug‘ilgach, tashqi ko‘rinishimga katta ahamiyat qaratadigan bo‘ldim. Har kuni trenajyor zaliga borib, tinmay shug‘ullanardim. Shu odatim hozir ham saqlanib qolgan.

UYLANISHIM

Uylanishim uchun ota-onam bilan birga Toshkentdagi butun tanish-bilishlar qiz qidirishgan desam, yolg‘on bo‘lmaydi. Rostini aytsam, o‘z malikamni topgunimga qadar 100dan ortiq qizlar bilan uchrashib ko‘rdim, lekin yuragim jiz etadiganini uchratmadim. Taqdirni qarang, bir kuni menga bir qizning suratini ko‘rsatishdi, lekin suratdagi qizning dugonasi e'tiborimni tortdi. Surishtirib ko‘rdim va aynan shu qiz mening ko‘nglimdan joy oldi.

OILAM

Men oilamni, rafiqam va farzandlarimni juda ham qadrlayman. Ularga iloji boricha ko‘proq vaqt ajratishga harakat qilaman. Ko‘rinishimdan qattiqqo‘l va jahldorga o‘xshasam ham, aslida juda mehribonman.

RAFIQASI ALIXAN HAQIDA

Turmush o‘rtog‘im juda ham mehribon otalar. Ayniqsa qizimizga mehrlari bo‘lak. Hozirda bir qiz va bir o‘g‘ilning ota-onalarimiz. Men ularga ishonganim tufayli rashk qilmayman. Ularni juda ham hurmat qilaman. Qolaversa, ular bizga doimo vaqt ajratadilar. Men ularning tanlagan kasblarini tushunishga va ularni qo‘llabquvvatlashga harakat qilaman.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2150 | Добавил: Admin | Теги: Aktyor Alixan va uning oilasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031