• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 8 » Airbus Helicopters: O‘zbekistonning vertolyotga bo‘lgan hozirgi ehtiyojini qondirish uchun kamida yana 25—30 ta vertolyot zarur
11:43
Airbus Helicopters: O‘zbekistonning vertolyotga bo‘lgan hozirgi ehtiyojini qondirish uchun kamida yana 25—30 ta vertolyot zarur

Vertolyot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan Airbus Helicopters O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish niyatida. Bu haqda kompaniyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bo‘yicha rahbari Ralf Veber O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan uchrashuvda shu haqida ma’lum qilgan.

Uchrashuvda tomonlar 19—20-fevral kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Uzbekistan Airports, Aviation & Logistics Forum birinchi Xalqaro aviatsiya forumi doirasida O‘zbekistonda vertolyot tashuvlarini rivojlantirishga oid erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lini muhokama qilgan. Vertolyotlardan nafaqat qutqaruv va tibbiyot maqsadlarida, balki turli ekskursiyalar, ekstremal turizm turlari, qoyaga chiqish, sportning tog‘-chang‘i turlari kabilarni tashkil qilishda ham foydalanish ehtiyoji mavjudligi ta’kidlangan.

Ralf Veberning aytishicha, vertolyot bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha xalqaro tajribaga muvofiq, har 800 ming — 1 million aholiga o‘rtacha 1 vertolyot to‘g‘ri kelishi kerak. Shundan kelib chiqib, hozirgi kunda O‘zbekistonning ushbu havo transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun kamida 25—30 vertolyot kerak.

"Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar vertolyotlar tashuvi, uchuvchi, mexanik, texnologlar va boshqa personalni tayyorlash, seminar va treninglar tashkil qilish orqali O‘zbekistonning xususiy biznes vakillarini faol jalb qilish bo‘yicha qo‘shma kompleks loyihani ishlab chiqishga kelishib olishdi”, — deyiladi davlat qo‘mitasi axborotida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:556 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031