• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Iyun » 28 » Afg‘onlar O‘zbekiston hududiga yana bir necha bor qochib o‘tgani ma’lum qilindi
08:46
Afg‘onlar O‘zbekiston hududiga yana bir necha bor qochib o‘tgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston hududiga 23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar qochib o‘tgani, zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng, ular vataniga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi. Afg‘onlar O‘zbekiston hududiga bundan keyin ham yana bir necha bor qochib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 28-iyun, dushanba kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "Daryo” muxbiri.

"Bundan keyin ham bu kabi harakatlar bir necha marta amalga oshirildi. Oxirgisi shanba kuni bo‘ldi. Lekin biz o‘zimizning milliy qonunchiligimiz va xalqaro normalardan kelib chiqqan holda, Afg‘oniston fuqarolari bilan tegishli surishtiruv va tergov ishlarini amalga oshirib, ularning barchasini o‘zining respublikasiga qaytarib yubordik. Bu borada O‘zbekiston chegarasi daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak”, — degan Sherzod Asadov.

U O‘zbekiston hukumatining Afg‘onistonda kuzatilayotgan ayni paytdagi vaziyatga nisbatan pozitsiyasi haqida gapirarkan, xususan, shunday dedi:

"Afg‘oniston Respublikasining shimolida bo‘layotgan voqealar bo‘yicha shu yilning 24-iyun kuni Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston davlati va hukumatining rasmiy pozitsiyasini e’lon qildi. Mazkur pozitsiya doirasida mana shuni aytishim mumkinki, Afg‘onistonda rivojlanayotgan hozirgi vaziyat O‘zbekiston davlati va hukumatini xavotirga soladi.

Umuman olganda, hurmatli Prezidentimiz oxirgi 4-5 yil davomida Afg‘onistonning rivojlanishi, Afg‘onistonga barqaror hayotni qaytib kelishi bo‘yicha juda ham ko‘p sa’y-harakatlarni jahon hamjamiyati bilan birgalikda amalga oshirdilar. 2018-yilda Toshkentda Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan ilk yirik xalqaro konferensiyalardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Yevroittifoq vitse-prezidenti Federika Mogerini qatnashgan edi. Bu konferensiya keyinchalik "Tolibon” va Afg‘oniston hukumati munosabatlarini qandaydir yangi bir darajaga chiqadigan jarayonni boshlanishiga asos bo‘ldi. Bundan keyin bir qator yirik tadbirlar, Qatarda bir qancha uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ammo, afsuski, oxirgi paytlarda bizlar kuzatayotgan Afg‘oniston shimolidagi ziddiyatlar birinchi navbatda Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lyapti, bu hammamizga yaxshi ma’lum. U yerda bo‘layotgan bu dizbalansdan biz, albatta, xavotirdamiz. Chunki Afg‘oniston bizlar uchun begona davlat emas. Yuqorida aytganimdek, so‘nggi 4-5 yil mobaynida Afg‘onistonning barqaror rivojlanishi uchun juda ham ko‘p sa’y-harakatlar qilindi. Shundan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, albatta, ixtilofdagi barcha tomonlar qandaydir murosaga kelishi kerak, bu ziddiyatni yana ham kuchayib ketishining oldini olish kerak. Bundan tashqari, gap Afg‘onistonning aholisi haqida ham ketyapti. Birinchi navbatda aholi orasidagi yo‘qotishlarga barham berish lozim.

Umuman olganda, yaqinda 15—16-iyul kunlari bo‘ladigan Markaziy Osiyoning o‘zaro bog‘liqlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiyada ham biz Afg‘onistonning keyinchalik rivojlanishi qay yo‘sinda bo‘ladi, uni savdo-iqtisodiy, transport logistika salohiyatini qanday rivojlantirsak bo‘ladi va umuman olganda, barcha harakatlarimiz qanday qilib, Afg‘onistonga barqaror hayot qaytib kelishiga yordam beradi, degan mavzularda Afg‘oniston, Pokiston rahbariyati va hamkor davlatlardan kelidigan Tashqi ishlar vazirliklari bilan birga mana shu masalalarni muhokama qilish rejalashtirib qo‘yilgan.

Afg‘onistondagi ziddiyatda va uni yechimini topishda O‘zbekiston jahon hamjamiyatining boshqa davlatlari singari keyinchalik ham ko‘makchi sifatida bu jarayonlarda ishtirok etadi. Lekin shu bilan birga bu masala, bu muammolar albatta, Afg‘onistonning o‘zini ichki ishi va bunda tashqaridan bosim yoki qandaydir afg‘on xalqiga g‘ayri bo‘lgan fikrlarni o‘tkazish, albatta, noto‘g‘ri. Umid qilamizki, ziddiyatlar tez kunda barham topadi”, — dedi Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi va qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganini inobatga olib, o‘zbek-afg‘on davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgandi.

23-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon telefon orqali suhbatda bugungi kunda qo‘shni Afg‘onistonda, xususan, uning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida, ikki mamlakatning Afg‘oniston bilan davlat chegarasi o‘tadigan hududlari bo‘ylab vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatni ham muhokama qilib, ushbu mamlakat bilan chegara chizig‘idagi vaziyatni juda keskin deb baholagandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:712 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь