• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 50
Гостей: 50
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 175 kishiga, Tojikistonda esa 5691 kishiga yetdi
12:55
Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 175 kishiga, Tojikistonda esa 5691 kishiga yetdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 465 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,4 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Nur-Sulton — 67 (1,9 foiz);

Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 54 (9,7 foiz);

Qarag‘anda viloyati — 46 (2,3 foiz);

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 38 (3 foiz);

Chimkent shahri — 36 (2,5 foiz);

Kostanay viloyati — 25 (6,3 foiz);

Pavlodar viloyati — 25 (4,4 foiz);

Atirau viloyati — 24 (1,5 foiz);

Aqmo‘la viloyati — 23 (5,9 foiz);

Aqto‘be viloyati — 23 (3,3 foiz);

Turkiston viloyati — 20 (2,9 foiz);

Olmaota shahri — 19 (0,5 foiz);

Qizilo‘rda viloyati — 19 (3,2  foiz);

Olmaota viloyati — 15 (2,4 foiz);

Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 15 (5,2 foiz);

Jambil viloyati — 10 (1,6 foiz);

Mang‘istov viloyati — 6 (1,3 foiz).

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 19 750 kishiga yetgan. Hozirga qadar 12 220 kishi sog‘aygan, 140 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 13 560 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Qirg‘izistonda 26-iyun holatiga ko‘ra, yana 250 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, "Kloop.kg” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 105 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Chuy viloyati — 61;

O‘sh viloyati — 19;

O‘sh shahri — 47;

Jalolobod viloyati — 12;

Issiqko‘l viloyati — 2;

Botken viloyati — 2;

Talas viloyati — 1;

Norin viloyati — 1.

O‘tgan bir sutka ichida 50 kishiga shifoxonalardan javob berilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 4204 kishiga yetdi, ularning 43 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2162 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 460 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 30 175 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 675 kishiga yetdi, hozirga qadar 10 174 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 305 kishi sog‘aygan, hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 68,2 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5691 kishiga yetdi, deb xabar beradi "RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 61 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 75 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4269 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonda 26-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7228 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 4877 nafar fuqaro (68 foiz) sog‘aygan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:456 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь