• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 27 » Afg‘oniston va “Tolibon” muzokaralari uchun yana bir qadam qo‘yildi
16:33
Afg‘oniston va “Tolibon” muzokaralari uchun yana bir qadam qo‘yildi

Kecha, 26 mart kuni Afg‘oniston hukumati "Tolibon" harakati bilan muzokaralar olib borish uchun 21 kishidan iborat guruh tuzdi. Bu haqda bugun, 27 mart kuni "Reuters" agentligi xabar qilmoqda.

Hukumatning tinchlik ishlari bo‘yicha departamenti tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatga Milliy xavfsizlik harakatining sobiq rahbari Ma’sum 
Stanekzay boshchilik qiladigan bo‘ldi. Shuningdek, ro‘yxatga siyosatchilar, sobiq amaldorlar va fuqarolik jamiyati vakillari kiritilgan. Jamoaning besh nafar a’zosi ayollar ekanligi ma’lum qilindi.

Prezident Ashraf G‘ani boshchiligida tuzilgan ushbu guruhni mamlakatning ikkinchi Prezidenti Abdulla Abdulla qo‘llab-quvvatlaydimi yoki yo‘q, noma’lum. Hozircha Abdullaning idorasi ushbu vaziyatga o‘z izohini berganicha yo‘q.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli "Tolibon" va hukumat amaldorlari o‘rtasida ushbu muzokaralar "Skype" orqali o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 29 fevral kuni AQSH va "Tolibon" o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi. Sulhga ko‘ra, AQSH 135 kun davomida o‘z qo‘shinlarining aksariyat qismini Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketadi. Shu vaqt ichida, tomonlar "Tolibon" va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida tinchlik muzokaralari bo‘lishini kelishib olishdi. Shuningdek, ikki tomon asirlar almashinuvini amalga oshirishlari kerakligi belgilab qo‘yildi.

Biroq, sulhdan bir necha kun o‘tib Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani ushbu sulh shartlariga amal qilmasligini ya’ni "Tolibon"ga tegishli 5000 nafar asirlarni ozod qilmasligi haqida ma’lum qildi. "Tolibon" ham agar ushbu shart bajarilmasa Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar o‘tkazmasligini ta’kidladi.

Joriy yilning 9 mart kuni Ashraf G‘ani "Tolibon" asirlarini ozod qilishga rozi bo‘ldi. So‘ngra afg‘onlararo muzokaralarga tayyorgalikni boshlab yubordi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:546 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031