• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Dekabr » 25 » Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari ayollarga o‘qish va ishlash taqiqlanganiga qarshi chiqdi
20:14
Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari ayollarga o‘qish va ishlash taqiqlanganiga qarshi chiqdi

"Tolibon” ayollarga ta‘lim olish va ishlash huquqini taqiqlagan bo‘lsa-da, Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar fuqarolardan o‘z huquqlariga ega chiqishni talab qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

"Tolibon” nazorati ostidagi Baxtar agentligi Barodarning so‘zlaridan iqtibos keltirdi va odamlarni o‘z huquqlaridan mahrum qilmaslik kerakligini yozdi. Barodarning bayonoti Kobulda 25-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda e’lon qilingan.

Mulla Barodarning bayonoti bilan bog‘liq qo‘shimcha tushuntirishlar berilmagan bo‘lsa-da, so‘nggi kunlarda "Tolibon” ayollarning ta’lim olish, ishlash huquqini to‘xtatgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim afg‘on manbalari bu qarorga "Tolibon”ning aksar rasmiylari ham qarshiligini bildirgan.

Ayni paytda "Tolibon” yetakchisi mulla Haybatulla Oxundzoda ayollarning ta’lim olishiga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi yuzasidan "Haqqoniy tarmog‘i” guruhi asoschisining o‘g‘li Sirojiddin Haqqoniy va "Tolibon” asoschilaridan birining o‘g‘li Mulla Yoqub bilan uchrashishdan bosh tortgan.

"Tolibon” harakati Afg‘onistondagi universitet va o‘rta maktabalrni ayollar uchun yopgan. Ayollarga nodavlat tashkilotlarida ishlashga ham taqiq qo‘yilgan. Yevroittifoq "Tolibon”ning taqiqi insoniyatga qarshi jinoyat ekanini e’lon qilgan. Qator davlatlar bundan norozilik bildirgan. "Tolibon” ayollarning universitetda tahsil olishiga qo‘yilgan taqiq sababi talaba qizlarning hijob o‘ramagani ekanini aytgan.

Afg‘onistonda ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi ham mumkin emas. Bundan tashqari ayollarga SIM-karta sotib olish ham taqiqlangan. Bundan tashqari, ayollarni omma oldida qamchilash boshlangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:185 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031