• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 22 » Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida videoqo‘llanma ishlab chiqildi
09:47
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida videoqo‘llanma ishlab chiqildi

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati 2020-yilning 20-iyunidan boshlab my.gov.uz manzili bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)da ishga tushirildi. Bu haqda Uzinfocom markazi xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, bu yil imtihon topshirish uchun beshta OTMga ariza taqdim qilish mumkin (o‘tgan yili uchta OTMga hujjat topshirish mumkin edi) va ustuvorligi yuqori bo‘lgan tartibga ko‘ra avtomatik ravishda belgilanadi.

Abituriyentning muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tishda quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

my.gov.uz manzili orqali YaIDXPda (yoki abitur.dtm.uz veb-saytida) ro‘yxatdan o‘tish;
O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlaridan birida faol telefon raqamiga ega bo‘lish;

agar abituriyent 2020-yildan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan bo‘lsa, u holda to‘lov qilish (bu holda SMS xabarnoma xizmati 
yoqilgan bank kartasiga ega bo‘lish);

OTMni diqqat bilan tanlash va ularni ustuvorligi yuqori bo‘lgan tartib bo‘yicha belgilash;
ta’lim shakli va tilini tanlash.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni oxirida imtihon fanlari (yo‘nalishlari) ro‘yxati va 2020-yil qabul komissiyasida abituriyentning ro‘yxatdan o‘tish varaqasi beriladi.

2019-yilda ajratilgan o‘rinlar soni 111 130 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 150 375 tani tashkil qilmoqda. O‘z o‘rnida bu yil o‘tgan yilga nisbatan bakalavr va magistraturaga qabul qilinadigan abituriyent va talabalar soni 39 245 taga ko‘paygan.

Hukumat qaroriga muvofiq, bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha OTMga kirish test sinovlari jarayoniga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 2020-yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (shu jumladan, 20-iyul ham) bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi;
ro‘yxatdan o‘tish YaIDXP (my.gov.uz) va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) orqali amalga oshiriladi;
abituriyentlarga test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar ketma-ketligi bilan bir vaqtda bakalavriatning beshta yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlarda ishtirok etish huquqi beriladi;

kirish imtihonlari abituriyent tomonidan tanlangan tegishli bakalavr yo‘nalishiga mos keladigan ikkita fan bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ushbu xizmat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (mitc.uz), Yagona integrator Uzinfocom, Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi hamda Davlat test markazi (dtm.uz) tomonidan amalga oshirilgan.

O‘zbek va rus tillaridagi to‘liq videoqo‘llanma abitur.dtm.uz, Facebook, Mover, Youtube’ga joylashtirilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:485 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь