• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 25 » Abdulla Oripovning qizi otasi haqida tayyorlangan ko‘rsatuvdan g‘azablanganini aytdi
14:46
Abdulla Oripovning qizi otasi haqida tayyorlangan ko‘rsatuvdan g‘azablanganini aytdi

23-24 yanvar kunlari "Madaniyat va ma'rifat” telekanalida "Unutilmas siymolar” rukni ostida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning xotirasiga bag‘ishlangan ikki qismdan iborat bo‘lgan hujjatli film namoyish etildi.
 
Birinchi qism 23 yanvar, soat 21:50 da, ikkinchi qism esa 24 yanvar kuni soat  21:30 da efirga uzatildi. Ushbu filmni shoirning muxlislaridan ham avval, uning oila a'zolari intiqlik bilan kutganliklari, tabiiy.
 
Bugun, 25 yanvar kuni shoirning qizi Yulduz Oripova o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali otasi haqidagi hujjatli filmni ko‘rib, juda xafa bo‘lganini, film professional darajada tayyorlanmaganini yozdi.
 
"Assalomu alaykum, otajonimning muxlislari. Agar ko‘rgan bo‘lsangiz, ikki kun davomida "Madaniyat va ma'rifat” telekanalida otamga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Shaxsan men, bir narsani ta'kidlab o‘tmoqchiman. Bu filmda otajonimni butun umr qiynalib, tushkunlikda yashab o‘tgan inson, shoir sifatida ko‘rsatishgan.
 
Bo‘lmagan gap! Otajonim juda chiroyli, mazmunli hayot kechirdilar, har doim hurmat-ehtiromda bo‘ldilar. Tushkunlik paytida yozgan she'rlaridan foydalanib, shunday film qilish shartmidi?!
 
To‘g‘ri, ijodkorlarning mehnati ham bor bu yerda, lekin boshqacha yondoshish kerak edi bu ko‘rsatuvga.
 
Otajonim yashashni juda xohlaganlar, hayotni sevganlar, doimo farzandlari, nabiralari, do‘stu birodarlari, mehri va qurshovida yashadilar. Afsus, bevaqt o‘lim otaginamni yuragimizdan sug‘urib olib ketdi... Joylaringiz jannatdan bo‘lsin, otajon...”, deb yozadi Yulduz Oripova.
 
Aytish o‘rinliki, Abdulla Oripovning qizi Yulduz Oripova ham jurnalist. Shu sababli u ayni ko‘rsatuvga ham farzand, ham muxlis, ham jurnalist sifatida fikr bildirgan.
 
Oripovaning yozganlari chop etilgach, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyatida ham hujjatli film borasida qator salbiy fikrlar paydo bo‘ldi.
 
Shu bilan birga, ularning aksariyati hujjatli filmni efirga uzatishdan avval, marhumning oila a'zolariga ko‘rsatish va ularning ham fikrlarini inobatga olish lozimligi haqida yozishdi.
 
Foydalanuvchilardan birining "Ular hujjatli filmni tayyorlashdan avval, oila a'zolarining ham fikrini bilishlari kerak emasmi? Axir har bir inson o‘z oilasida bo‘layotgan kechinmalarni hammadan yaxshi biladiku. Domlaning qilgan mehnatlari ma'lum. Ularning hayot yo‘llari kabi umr kechirish hammamizga ham nasib qilsin”, deb qoldirgan savolli izohiga Yulduz Oripova quyidagicha javob berdi.
 
"Film ijodkorlari hujjatli film s'yomkasini otamning vafot etganlariga hali ko‘p vaqt o‘tmasdan turib kilishgandi.
 
Uydagi kadrlarni, onamning tushkun ahvoldagi holatlarini, ikki soat ichida olishgan. Qolgan kadrlarni arxivdan topishgan. Yana uch-to‘rtta adabiyotshunosdan intervyu olishgan. Nahotki, shuncha ma'lumotdan foydalanib , chiroyli, samimiy ko‘rsatuv qilishga aqli yetmasa bularning. Afsus, s'yomka payti uyda emasdim. Men, albatta,  shu filmni ishlagan ijodkorlarga o‘z fikrimni,  norozi bo‘lganimni,  kelajakda buyuk shaxslar to‘g‘risida ko‘rsatuv qiladigan bo‘lsalar, jiddiy ravishda, o‘ta professionalizm bilan yondoshish kerakligini aytaman”.
 
Yulduz Oripovaga ko‘ra, dastur ijodkorlari ko‘rsatuvni efirga uzatilshdan avval, Abdulla Oripovning oila a'zolariga uning xomaki nusxasini ko‘rsatishmagan, maslahat olishmagan. Oripova bu haqda gapirar ekan, ko‘rsatuv ijodkorlarini o‘z ishiga va kasbiga, qolaversa, Abdulla Oripovning oilasiga behurmatlikda ayblagan
 
"Ko‘rsatuvda texnik xatolar ham juda ko‘p, profesionalizm yetishmagan. To‘g‘ri, mehnat qilishgan, biroq bunday ko‘rsatuvni tayyorlashdan oldin, ayniqsa, otam to‘g‘risida, juda sinchiklab, chuqur falsafa bilan ishlash kerak edi” deb yozadi Oripova.
 
Xujjatli film borasidagi munozarani o‘qib, biz jurnalist Yulduz Oripovaning o‘zi bilan bog‘landik. Telefonda kechgan suhbat orqali ijtimoiy tarmoqqa yozishiga Abdulla Oripovning ko‘plab boshqa muxlislarining fikrlari turtki bo‘lganini aytib o‘tdi.
 
"O‘z fikrimni Facebook’dagi sahifam orqali yozmasimdan avval, otamning shogirdlari, muxlislaridan ko‘plab qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Chet elda yashovchi hamyurtlarimizdan ham tinimsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘layapti. Ular do‘stlari, tanishlaridan otajonim haqida hujjatli film olinganini eshitib, filmni Youtube’ga qo‘yishni iltimos qilishmoqda. Biz bilan bog‘langanlarning aksariyati otajonim haqida tayyorlangan ko‘rsatuvdan norozi bo‘lishdi. Hujjatli filmda "Abdulla Oripov oxirgi paytlarda yolg‘iz qolib ketgan, butun umr qiynalib yashagan”, qabilidagi so‘zlar aytilgan. Axir bu absurd!
 
To‘g‘ri, otam she'rlarida o‘z ichki kechinmalarini ifoda etganlar,  lekin bunga falsafiy nuqtai nazardan qarash kerak edi.
 
Ko‘pincha otajonim shunday bir og‘ir, falsafiy she'rlar yozganlarida,  men xafa bo‘lardim. Biroq men ularni shoir sifatida tushunardim.
 
Shunday damlarda, otajonimga "axir bu poeziya” desam,  "albatta” deb,  kulib qo‘yardilar.
 
Otam har doim haqiqiy shogirdlari,  muxlislari qurshovida bo‘lganlar,  oxirigacha...
 
Ular orasida otamning dilini og‘ritgan, o‘zi uchun, nomigagina shogirdiman degan kimsalar ham bo‘lgan,  ammo ularning biz uchun ahamiyati yo‘q edi. Chunki otajonim o‘zbek adabiyotining shoirlik borasidagi haqiqiy gigantlaridan biri edi, buni tan olmasdan iloj yo‘q.
 
Men uchun esa ular,  dunyodagi eng mehribon ota edilar..
 
Bilasizmi, yurtimizda ko‘plab mahoratli rejissyorlar,  adabiyotshunoslar,  haqiqiy buyuk insonlar bor. Hujjatli filmni yaratishdan avval, ulardan maslahat olishlari kerak edi, nazarimda. Axir bu oilaviy tarzda ko‘rish uchun ishlangan film emas, uni butun O‘zbekiston axli ko‘radi-ku...
 
Nahotki, undagi har bir detal, har bir kadr katta ahamiyatga ega ekanini tushuna olishmagan... Shunga biroz ta'sirlandim, bundan keyin, ayniqsa, televideniyeda shunday kamchiliklarni bartaraf etish kerak, deb uylayman”, deydi Yulduz Oripova.
 
Eslatib o‘tamiz, Abdulla Oripov 2016 yilning 5 noyabrida AQSHning Xyuston shahridagi shifoxonada vafot etgan. U 10 noyabr kuni Toshkentdagi "Chig‘atoy” qabristoniga dafn etildi. 

Категория: Har-Hil | Просмотров:2197 | Добавил: Admin | Теги: Abdulla Oripovning qizi otasi haqid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031